Fan-texnika | 12:27 / 18.10.2018
12289
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda internet-kanalni kengaytirish bo‘yicha «keng ko‘lamli loyiha» oxirgi bosqichga kirdi

Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda Internetga kirish tezligini oshirish loyihasi yakunlanib bormoqda, deya ma'lum qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Azamat Karamatov.

«Yil oxirigacha Internet tarmog‘iga kirish tezligini 10 barobarga oshirish bo‘yicha keng qamrovli loyiha yakunlanadi», - dedi Karamatov Toshkentdagi hududlararo hamkorlik bo‘yicha birinchi O‘zbekiston-Rossiya forumida.

«Yil oxirigacha xalqaro internet-kanalning o‘tkazuvchanlik imkoniyati o‘n barobarga oshishi ta'minlanadi», - deya tasdiqladi respublika Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston raqamli o‘zgarish bosqichiga kirishdi, bunda mamlakat hukumati bir qancha ustuvor yo‘nalishlarni aniqladi.

«Birinchidan, ta'lim tizimini ta'lim infratuzilmasini takomillashtirish va axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi chet el universitetlarining filiallarini ochish orqali modernizatsiya qilish», - dedi Umarov. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, O‘zbekistondagi mehnat bozorida AT-mutaxassislarning ulushi qariyb 1 foizni tashkil etadi. Vazifa bu ko‘rsatkichni 2,5-3%ga yetkazishdir.

Boshqa yo‘nalishlar orasida: startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, texnoparklarni yaratish va venchur kapitalni jalb qilish. Shuningdek, mamlakat mintaqalarida aqlli shaharlar texnologiyalarini joriy etish, Internet-buyumlar va jamoat joylaridagi videokuzatuv hamda monitoringning intellektual tizimlarini yaratish davom ettiriladi.

Mavzuga oid