«Axlat tituvçilar» - dunyoni özgartirişga qodir jurnalistlar
|00:50 / 19.10.201825 97715 min
Saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçining Istanbulda ğoyib bölişi jurnalistlik bejizga hayot uçun xavfli kasblar orasida tilga olinmasligini yana bir bor isbotladi. Jurnalist jamiyat közgusi, hokimiyat va xalq orasidagi köprikdir. AQŞda ommaviy axborot vositalari xalqni ijroçi, qonun çiqaruvçi, sud hokimiyatlarining tazyiqidan va yirik korporatsiyalarning özbilarmonligidan himoya qiluvçi qöriqçilar sifatida köriladi.
Tarixda şunday jurnalistlar bölganki, ular butun bir mamlakatga, uning xalqiga misli körilmagan ta'sir körsata olişgan. «Kun.uz» ana şunday jurnalistlar faoliyatiga nazar soladi.
Munozara jurnalistikasi qiroli
Xoras Grili
Foto: Kean Collection / Getty Images
1834 yilda Xoras Grili New Yorker jurnaliga asos soladi. Jurnal Viglar partiyasini faol qöllab-quvvatlar, 1840 yilda Grili hatto saylov kampaniyalarini yorituvçi Log Cabin haftaligiga rahbarlik ham qilgandi.
1841 yilda u New York Tribune gazetasini naşr qila boşlaydi. Qisqa vaqt içida gazetaning kunlik adadi 2 mingdan 10 ming nusxaga yetadi. 1861 yilga kelib uning adadi 300 ming nusxani taşkil qilardi. Bu naşr Grilining şaxsiy qaraşlarini aks ettiruvçi minbarga aylandi. Ammo uning qaraşlari AQŞ jurnalistikasidagi erkinlik ruhini şakllantirgandi. Grili Yovvoyi Ğarbga yangi köçib kelganlarga bepul yer berilişini talab qilgan, mehnatkaşlarning ekspluatatsiya qilinişi, monopolizm, ölim jazosini tanqid qilgan, boyliklarning bir neça kişi qölida töplanişiga qarşi çiqqandi. Grili qullar mehnatidan foydalaniş AQŞ janubida bu mavzuni muhokama qiliş taqiqlangani uçun mavjud deb hisoblardi va quldorlikka qarşi muntazam çiqişlar qilgandi. U 1848 yilda «Matbuot erkinligi – xavfsizlik va haqiqiy Erkinlik garovi» deb yozgandi.
Grili aholining barça narsadan xabardor bölişi köplab ijtimoiy muammolarni hal qilişi mumkin deb hisoblardi. U prezidentlarni ham tanqid qilişdan çöçimasdi.
New-York Weekly Tribune, 1864
Foto: WikipediaUote
Fuqarolar uruşi davrida (1861-65) AQŞda matbuot erkinligi bir neça marta tazyiqqa uçragandi. 1863 yilda yunionçilar armiyasi generali Ambroz Burnsayd harbiy operatsiya ötkazişga zarar yetkazişi mumkin bölgan fikr va qaraşlar çop etilişining oldini oliş uçun Chicago Times gazetasi faoliyatini töxtatişni buyuradi. Uç kundan söng prezident Linkoln generalning bu qarorini bekor qiladi. 1864 yilda boşqa bir general Nyu-Yorkdagi ikkita gazetani yoptiradi. Gazetalar ikki kundan söng yana işlaşda davom etadi.
Mavzuga oid
Amerika tarixçilari Grilini öz davrining jurnalistika qonunçiligiga asos solgan inson deb ataşadi – u öquvçilarga imkon boriça köproq axborot yetkazişga harakat qilgan - Tribune şov-şuv ketidan quvadigan boşqa gazetalardan şunisi bilan ajralib turgan.
Uilyam Xerst tarixda «Menga surat çizib bersang böldi, uruşni özim boşlab beraman» degan iborasi bilan maşhur. Xerst San Francisco Examiner gazetasi egasi bölib, 1890 yillarda bir neçta yirik gazeta va jurnallarga asos solgan. Öşa davrning eng yaxşi jurnalistlari uning naşrlarida işlagan va keyinçalik ularning ayrimlari butun dunyoga tanilgan: Mark Tven, Jyek London, Ambroz Birs, Riçard Garding Devis. Xerst faoliyati çöqqisida 28 gazeta, 18 jurnal, bir neçta radiostansiya va kinostudiyalar xöjayini bölgan.
Xerst gazeta biznesini jurnalist suriştiruvi va sensatsiya aralaşmasiga aylantirgan. Uning ismi «bulvar jurnalistikasi» atamasining sinonimiga aylangan. Uning tonggi gazetalarida «Kinoprodyuser Xerstning yaxtasida otib öldirildi» degan şov-şuvli sarlavhali maqola çiqişi, keçki gazetalarda esa prodyuser kuçli oşqozon oğriğidan vafot etgani xabar qilinişi mumkin edi. U kam sonli millatlarni yomon körar, naşrlaridan irqiy keskinlikni kuçaytirişda foydalanardi. Köpçilik uning Meksika inqilobi tufayli bu davlatdagi 800 ming akr daraxtzoridan ajralgani uçun meksikaliklarni körgani közi yöq deb hisoblardi. Mualliflardan biri Xerst haqida: «U özining uzoq va şubhali faoliyati davomida amerikaliklarni ispanlar, yaponlar, filippinliklar, ruslarga qarşi qilib qöydi va manfur niyatini amalga oşiriş uçun yolğon, soxta hujjatlar, uydirmalar, şov-şuvli karikaturalar va suratlarni çop etdi» deb yozgandi.
Uning zamondoşlarining yozişlariça, Xerst öz naşrlari adadini oşiriş uçun ispan-amerika uruşini keltirib çiqargan. Aytişlariça, Xerstning qölida işlaydigan rassom-illyustrator Kubaga xizmat safariga yuboriladi. U Xerstdan ortga qaytişga ruxsat berişini, Kubada qiziqroq heç narsa sodir bölmayotganini aytadi. Şunda Xerst unga: «Öşa yerda qol. Menga surat çizib bersang böldi, uruşni özim boşlab beraman» deb javob qaytaradi.
1898 yilda Gavana portida AQŞning Maine kreyseri portlaşi oqibatida önlab dengizçilar halok böladi. Jurnalistlarga bu fojiadan şov-şuv yasamaslik tavsiya qilinadi. Ammo Xerst bu voqeadan unumli foydalanadi. Uning gazetasining birinçi sahifasida «Uruşmi? Albatta!» degan sarlavha ostida xabar çop etiladi.
Foş etuvçilar qiroliçasi
Ida Tarbell
Foto: Peoples.ru
20 asr boşlarida Amerika jurnalistikasi yangi tuşunça - makreyker (muckraker - «axlat tituvçi») atamasi bilan boyidi. Bu söz 1906 yil aprelida prezident Teodor Ruzveltning çiqişidan söng ommalaşdi. U qator jurnalistlarni me'yorni bilmaslik va mas'uliyatsizlikda ayblab tanqid qilgandi. Prezident ijobiy narsani körmaydigan, faqat salbiy narsalar haqida yozadigan qalamkaşlarni «axlat tituvçilar» deb atagandi. Prezidentni tuşuniş mumkin edi. Matbuotda har kuni korrupsiya va siyosatçilar hamda yirik biznesmenlarning noqonuniy işlari haqida maqolalar çop etilardi.
Ida Tarbell ilk va maşhur makreykerlardan biriga aylangan. Bu ayol qudratli va yirik Standard Oil neft kompaniyasining noqonuniy işlarini foş qilgani bilan Amerika jurnalistikasi tarixida qolgan.
Fuqarolar uruşidan söng AQŞ iqtisodiyoti gurkirab rivojlaniş bosqiçiga kirgandi. Neft sanoati ham gullab-yaşnay boşlagandi. Standard Oil kompaniyasi mahalliy hukumatning befarqligidan foydalanib, kiçik va örtaça korxonalarni asta-sekin «yutib yuborardi». 1880 yilga kelib kompaniya AQŞda qazib olinadigan neftning 95 foizini qayta işlardi. 1882 yilda Standard Oil asosçisi Jon Rokfeller 40ta korporatsiyadan iborat Standard Oil Trast guruhini taşkil etadi.
Ida Tarbell bir neça yil davomida Standard Oil kompaniyasi faoliyatini örganadi. Bu vaqt içida u butun mamlakat böylab yurib, yuz minglab sahifa hujjatlarni öqib çiqadi, Standard Oil va uning raqobatçilarining önlab xodimlari, mansabdorlar, yuristlar, ekspertlar bilan suhbatlaşadi.
U Standard Oil mahalliy temiryöl kompaniyasi bilan maxfiy kelişuv tuzganini, raqobatçilariga nisbatan sezilarli çegirmaga ega ekanligini aniqlaydi. Bundan taşqari, kompaniyaning köplab noqonuniy va ğirrom işlarini oçib taşlaydi. 1901 yildan 1904 yilgaça uning bu mavzudagi ön oltita maqolasi çop etiladi. Bu maqolalar yirik neft sanoati uçun şov-şuvli ayblov edi.
Avvaliga «It hurar, karvon ötar» deya jurnalistning maqolalariga parvo qilmagan Rokfeller sud hukmi bilan trestini tarqatib yuborişga majbur böladi.
«Menda ularning boyligi va uning miqdoriga e'tiroz bölmagan, men korporatsiyaga qarşi bölmaganman. Ular yanada yirik va yanada boy bölişini istaganman – faqatgina qonuniy yöl bilan. Ular ğirrom yölni tanlaşganidan söng men bunga majbur böldim», deb izohlagandi jurnalist bu suriştiruvlardan maqsadini.
Jamoatçilik bosimi ostida AQŞ Kongressi Savdo vazirligini taşkil etiş haqida qaror qabul qiladi. Vazirlik zimmasiga monopoliyaga qarşi qonunga rioya qilinişini nazorat etiş ham yuklatilgandi.
Keyinroq Ida Tarbell hukumatning işçi va iste'molçilar manfaatlariga ziyon keltiradigan va korporatsiyalarga imtiyoz beradigan tarif siyosatini foş qiladi.
Darvoqe, Standard Oil voqeasi jurnalistikadagi yana bir amaliyot PR-kampaniyaga ibtido bölgan. Tarbellning maqolalaridan söng Rokfellerning obrösi tuşib ketadi. Neft magnati taniqli jurnalist Ayvi Lini yollaydi. Jurnalist bir neçta yirik gazetalarda u haqida turkum maqolalar çop etadi. Maqolalarda asosiy e'tibor tadbirkor va boy Rokfellerga emas, namunali er va ğamxör ota Rokfellerga qaratilgandi. Bu öz samarasini beradi – Rokfeller kompaniyasini saqlab qololmasa-da, amerikaliklarning unga bölgan işonçi saqlab qolinadi.
Estafeta davomçisi
Epton Bill Sinkler
Foto: The Person
Tarbell boşlagan marafonni adabiyot böyiça Nobel mukofoti olgan birinçi amerikalik bölgan yozuvçi Epton Sinkler davom ettiradi. 1906 yilda «Çangalzor» romani çop etilganidan söng unga ham «axlat tituvçi» yorliği yopiştiriladi. U bu romanida Çikagodagi kuşxonalarning ahvoli haqida yozgandi (aniq ma'lumotga ega böliş uçun Sinkler kuşxonalardan birida işlaydi).
«Çangalzor» kitobi orqali xalq kuşxonalardagi antisanitariya, odamlar iste'mol qiladigan göşt mahsulotlari qanday dahşatli tarzda tayyorlanişi haqida ma'lumotga ega bölişadi. Öşa yiliyoq jamoatçilik bosimi ostida prezident Ruzvelt ikkita federal qonunga: göştni nazorat qiliş hamda oziq-ovqat mahsulotlari va dorilar sifati töğrisidagi qonunlarga imzo çekadi.
Kirişimli jurnalist
Jorj Linkoln Steffens makreykerlar harakatining yorqin namoyandalaridan biri edi. U harbiy maktabda öqigan, uçta universitetni bitirgan, falsafa, axloq, sotsiologiya va san'atni örgangandi. Ammo barça kasblar içida jurnalistlikni tanlagan Steffens «Ivning Post» gazetasida işlaydi. Uning noyob qobiliyati bor edi: Steffens jamiyatning barça qatlamidagi kişilar bilan til topişa olardi. Odamlar unga işonar, heç kimga aytmagan sirlarini ungan aytişardi.
U «Minneapolisdagi şarmandalik» va «Pitsburg – şarmanda bölgan şahar» maqolalarida dalillar, hujjatlar asosida şaharlar hokimiyatlaridagi korrupsiya va mansabini suiiste'mol qiliş holatlari, davlat boşqaruv organlarini tozalaş va demokratlaştiriş zarurligi haqida yozgandi. Uşbu maqolalar çop etilganidan söng tahririyatga mamlakatning barça burçaklaridan xatlar yoğiladi. Xatlar mualliflari Steffensni öz şaharlariga taklif qilişgan, u körgan ikkita şahardagi holat daryodan tomçi ekanligini yozişgandi. Uning nomi şu darajada maşhur bölib ketadiki, Steffens qaysi şaharga keladigan bölsa, mahalliy gazetalar uning taşrifi haqida oldindan xabar berişardi. U amaldorlar bilan suhbatlaşganida, ularni ayblamas yoki maqtamasdi. U tafsilotlarga qiziqar, faktlarni keltirar va soliştirardi.
Prezidentni iste'foga çiqarganlar
Riçard Nikson
Foto: TheQuestion.ru
Prezident muddatidan oldin vakolatini topşirişi AQŞ tarixida faqat bir marta – 1974 yil 9 avgustda sodir bölgan. Bu prezident Riçard Niksonning iste'fosi edi. Mazkur voqeaga 1972 yilgi saylovlarda demokratlar saylovoldi ştabining noqonuniy tinglovlar bilan boğliq «Uotergeyt işi» deb nom olgan suriştiruv sabab bölgandi.
Washington Post gazetasining yoş ikki jurnalisti Bob Vudvord va Karl Bernstayn nafaqat öşa yaşirinça tinglovlarning taşkilotçilari va ijroçilarini, balki buyurtmaçi va taşabbuskorlarini ham topiş uçun ikki yil vaqt sarflaşgandi.
Bob Vudvord va Karl Bernstayn
Foto: Diletant
Matbuotda Niksonni foş qiluvçi maqolalar çop etilgaç, Vudvord va Bernstaynga turli bosimlar böladi: ularni sotib olişga urinişadi, hattoki jisman yöq qiliş bilan tahdid ham qilinadi. Ammo jurnalistlar ortga qaytişmaydi, «Çuqur tomoq» taxallusli manba yetkazib bergan ma'lumotlarni ommaga e'lon qilişda davom etişadi. Oradan 30 yil ötgaç, bu manba FQB direktori örinbosari Mark Felt bölgani ma'lum qilindi.
«Nikson ma'muriyati davridagi Pentagon va Uotergeyt hujjatlari çop etilişi sababli kelib çiqqan içki siyosiy nizolarda mamlakat ommaviy axborot organlari ijroiya hokimiyati rahbariga çorlov bilan çiqişdi va uni mağlubiyatga uçratişdi. Matbuot şu paytga qadar Amerika tarixidagi biror muassasa, guruh yoki muassasalar birlaşmasi uddalay olmagan işni amalga oşirişda muhim rol öynaşdi – atigi ikki yil avval köpçilikning ovozi bilan saylangan prezidentni lavozimidan mahrum qilişdi», deb yozgandi amerikalik tadqiqotçi Samyuel Xantington.
Ikkinçi Ida Tarbell
«Bir çaqalik hayot: Amerikada qanday yaşaş kerak (mas) » kitobi muallifi, jurnalist Barbara Erenreyçni hamkasblari ikkinçi Ida Tarbell deb ataşgan. U dunyoning eng boy mamlakatlaridan birida qonun bilan kafolatlangan bir soatlik iş uçun eng kam tölov stavkasiga qanday yaşaş mumkinligini aniqlaş uçun tadqiqot ötkazgan (u tadqiqot ötkazgan 1998 yilda mutaxassis bölmagan işçilar uçun soatiga 6 dollardan oşiqroq pul tölangan).
Erenreyç bir yil uy xizmatçisi, mehmonxona xodimasi, hamşira, ofitsiant va dökonda sotuvçi bölib işlaydi. U jurnalistik tekşiruvidan söng şunday xulosaga keladi: Amerikada eng kam iş haqiga yaşaşning iloji yöq (undan köra işsizlik nafaqasi olgan yaxşi) va hukumat bu borada çora körişi kerak.
Jamiyat jonkuyarlari
Yuqorida nomlari keltirilganlar öz işlariga sadoqat bilan yondaşişgan, xalqqa haqiqatni yetkazişga bor kuç-ğayratini ayamay, uzoq va qattiq mehnat qilişgan. Ularning mehnatlari samarasi ölaroq köplab jinoyatlar, salbiy holatlar foş etilgan, aynan ularning mehnatlari ortidan bu illat va kamçiliklarni bartaraf etiş uçun qator qonunlar qabul qilingan.
Newsday gazetasi muharririning sobiq örinbosari Robert Grinning fikriça, «jurnalist suriştiruvi uçta asosiy unsurdan taşkil topadi: jurnalist ungaça heç kim titmagan joyni titadi; mavzu öquvçi uçun muhim bölişi lozim; suriştiruvda foş etilişi mumkin bölgan dalillarni jamoatçilikdan yaşirişdan manfaatdor kuçlar mavjud ».
Ommaviy axborot vositalari jamiyatdagi yaşirin yarani körsatadigan, u gazak olib ketmasdan turib davosini topişga çorlaydigan taşxisçilar, heç kim körmayotgan yoki körsa ham e'tibor bermayotgan xatolarni körsatib beruvçilardir. Ular bilan hamkorlikda iş olib boriş bugun uçun ham, erta uçun ham foydalidir.