Apple Inc. kompaniyasi Nyu-Yorkda 30 oktabrda ötadigan tadbirda Mac şaxsiy kompyuteri va iPad’ning yangi versiyalarini taqdim qiladi. 

Jurnalistlar “There's more in the making” şiori bölgan tadbirga taklif olişgan.  

Ma'lum qilinişiça, tadbir mahalliy vaqt bilan soat 10da boşlanadi. Ayfonlar taqdimotidan farqli, tadbir Apple’ning Kupertinodagi boş qarorgohida emas, balki Bruklindagi Xovard Gilman teatrida bölib ötadi. 

Kompaniya tadbirda ekrani atrofida kiçraytirilgan ramkali, Face ID funksiyasiga ega yangi iPad Pröni taqdim qiladi. Bundan taşqari, kompaniya yangi makbukni körsatişi mumkin.