«PSJ» darvozaboni Janluiji Buffon Çempionlar Ligasi finalida sobiq jamoasi «Yuventus» bilan duç kelişni istamasligini aytdi.
«Yöq, agar finalga çiqsak, «Yuventus» bilan duç kelişni istamayman», - deb Buffon sözlarini keltirmoqda Gazzetta dello Sport.
«Xursandçiligim sobiq jamoadoşlarim va «byankoneri» muxlislarining qayğusi natijasi bölişini xohlamayman. Biz köp marta birga yiğlaganmiz. Endi men tölaqonli quvonçga haqliman.
Agar «Yuventus»ga qarşi duç keladigan bölsam, buni finalga qadar yuz berişini istardim»,— dedi Buffon.












