Bugun, 19 oktabr kuni fransiyalik mutaxassis Arsen Venger «Bavariya» boş murabbiyi etib tayinlanişi mumkin. Bu haqda Bild naşri xabar tarqatgan.
Manbaning ma'lum qilişiça, bugun Myunxen klubida matbuot anjumani taşkil etiladi va unda jamoa boşqaruvi raisi Karl-Xaynts Rummenigge va sport direktori Hasan Salihamijiç iştirok etadi. Tadbirda jamoa boş murabbiyi Niko Kovaç örniga 68 yoşli Arsen Venger iş boşlaşi haqida e'lon qilinişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, «Arsenal»ning sobiq ustozi şu hafta bergan intervyusida 1 yanvardan işga qaytişini ma'lum qilgandi:
«Arsenal»da ötkazilgan 22 yil evaziga menda ulkan tajriba töplangan. Hozirda mening xizmatlarimga butun dunyoda talab bor. Futbol assotsiatsiyalaridan ham, terma jamoalardan ham. Ayniqsa Yaponiyadan jiddiy takliflar bor.
Öylaymanki, men 1 yanvardan işga qaytaman. Yaxşi dam oldim va işlaşga tayyorman. Qayerdami? Hozirça aniq ayta olmayman», — deya ta'kidlagan edi Arsen Venger.
Ma'lumot uçun, «Bavariya»ning amaldagi boş murabbiyi Niko Kovaç şu yilning aprel oyida Yupp Xaynkess örniga jamoa boşqaruviga kelgan, u bilan 3 yillik şartnoma imzolangan edi. Nemis mutaxassisining debyut bahsi Germaniya Superkubogi uçraşuvi bölgan, unda myunxenliklar «Frankfurt»ni 5:0 hisobida mağlub etib, sovrin egasiga aylanişgan edi.
Ortda qolgan vaqt davomida Germaniya çempioni Kovaç qöl ostida 11 öyinda maydonga tuşib, 7 ğalaba, 2 durang va 2 mağlubiyat qayd etdi. Jamoa qariyb bir oydan buyon ğalaba qozona olmay kelmoqda. 25 sentabr kuni «Augsburg» bilan durang (1:1) qayd etgan «Bavariya» oradan uç kun ötib «Herta» maydonidan mağlubiyat bilan qaytgan edi (0:2). Şundan söng YeÇLdagi «Ayaks» bilan öyin 1:1 hisobi bilan yakun topdi, Bundesligada eng asosiy raqib «Borussiya M»ga «Alyants Arena»da yirik hisobda imkoniyat boy berildi – 0:3. Umuman, klub sönggi tört muvaffaqiyatsiz öyindan uçtasini öz maydonida ötkazgan edi.
«Bavariya» Bundesliganing 7-turidan keyin 13 oçko bilan 6-örinni egallab turibdi. Birinçi örindagi Menxengladbaxning «Borussiya» klubi 17 oçkoga ega.












