Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev o‘zbek kosmonavti Rossiya raketasida kosmosga parvoz qilishiga umid bildirdi
O‘zbekiston o‘z vakili yaqin vaqt ichida Rossiya raketasida kosmosga parvoz qilishini kutmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar yakuni bo‘yicha ma'lum qildi.
«Umid qilamanki, O‘zbekiston vakili yaqin vaqt ichida Rossiya raketasida kosmosga parvoz qiladi», - deya prezidentning so‘zlarini keltiradi TASS.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin O‘zbekiston Rossiyaning ishonchli ittifoqchisi ekanini ta'kidlagandi.
Vladimir Putin davlat rahbariga taklif uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Rossiyaning ishonchli ittifoqchisi, strategik sherigi ekanini ta'kidladi.
Prezidentning Rossiyaga o‘tgan yilgi davlat tashrifidan keyin ikki tomonlama munosabatlarning hamma sohalarida asosli o‘zgarishlar bo‘lganini, Rossiya mamlakatimiz bilan hamkorlikni bundan buyon yanada rivojlantirish niyatida ekanini qayd etdi.
Mavzuga oid
22:51 / 04.06.2026
Qrimda benzin taqchilligi. Urush sabab
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
20:20 / 04.06.2026
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi boshlandi
20:10 / 04.06.2026