Bugun, 18 oktabr kuni «Yangi iqtisodiyot uçun yangi kadrlar» Rossiya-Özbekiston birinçi ta’lim forumi doirasida Olmaliq şahrida Rossiya “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filialining oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbiri şu haqda xabar berdi.

Oçiliş marosimida Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri Mixail Kotyukov, Özbekiston oliy va örta-maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, "MISiS" rektori Alevtina Çernikova va "OTMK" AJ boşqaruvi raisi Abdullo Xursanov kabi yuqori mansabdor şaxslar iştirok etdi.

Ta’lim dargohida respublikaning işlab çiqariş-sanoat tarmoği uçun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlanadi.
2018-2019 öquv yilining kunduzgi bölimiga «Toğ işi», «Metallurgiya», «Işlab çiqariş va texnologik jarayonlarni avtomatlaştiriş hamda boşqariş» yönalişlari böyiça 150 nafar talaba qabul qilindi.

Uşbu oliy ta’lim dargohida ta’lim beriş jarayoniga mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda Rossiya va xorijdagi yetakçi oliy öquv yurtlarida pedagogik tajribaga ega bölgan rossiyalik öqituvçilar ham jalb etilgan. Şuningdek, Moskva orqali onlayn tartibda dars maşğulotlari ham ötkazib boriladi.

Hukumat qarori bilan Farxodbek Yarkuloviç Umarov filialga direktor etib tayinlandi. Farxodbek Umarov 2012-2017 yillarda Toşkent davlat texnika universitetida dekan, 2017-2018 yillarda esa I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toşkent filialida öquv va ilmiy işlar böyiça direktor örinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Umarovning aytişiça, ta’lim muassasasida nazariyot va amaliyot uyğunligiga alohida e’tibor qaratiladi. “Filialning aynan kon-metallurgiya sanoati rivojlangan Olmaliq şahrida oçilişi ham bejiz emas”, deydi Umarov.











