Toşkent viloyati, Angren şahri hokimi Hakimjon Mamasodiqoviç Abdulazizov 17 oktabr kuni işdan ketgan.
Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati «Kun.uz»ga xabar qilişiça, Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimovning 18 oktabrdagi qaroriga binoan Xalq deputatlari Angren şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Şukurulla Nasimxonoviç Maxmudov Angren şahrining yangi hokimi etib tayinlangan.

Foto: Toşkent viloyati hokimligi
Şukurulla Maxmudov şu kungaça «Öztransgaz» aksiyadorlik jamiyati Samarqand viloyati böyiça gaz ta'minoti hududiy filiali boşliği sifatida işlab kelayotgandi.
U 1974 yilda Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida ziyolilar oilasida tuğilgan. 1996 yil Toşkent davlat texnika universitetini (kunduzgi) bitirgan.
Şukurulla Maxmudov 2016-2018 yillarda «Öztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi «Markazgazta'minot» unitar korxonasi direktori lavozimida işlagan, keyinçalik «Öztransgaz» aksiyadorlik jamiyati Samarqand viloyati böyiça gaz ta'minoti hududiy filiali boşliği bölib öz iş faoliyatini davom ettirgan.
2007-2017 yillarda Özbekiston respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri örinbosari bölgan Hakimjon Abdulazizov 2017 yildan buyon Angren şahri hokimi edi.
14 oktabr kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida paxta yiğim-terimi masalasiga bağişlangan selektor yiğilişi ötkazilgan edi. Unda şu masalada sustkaşlikka yöl qöygan hokimlar, mansabdorlar qattiq tanqid qilingandi.
Boş vazir selektor vaqtida viloyatlar hokimlariga respublika böylab 10 hokimni işdan böşatiş böyiça taqdimnomalar kiritiş haqida topşiriq bergandi. Bu röyxatda Angren şahri hokimi ham bölgan.
Hozirgaça respublika böylab 5 hokim işdan ketgani ma'lum böldi. Farğona viloyatida Farğona şahri va Farğona tumani hokimi, Xorazm viloyatida Urganç tumani hokimi, Andijon viloyatida Oltinköl tumani hokimi, Sirdaryo viloyatida esa Guliston tumani hokimi paxta hosilini yiğib-terib olişdagi sustkaşligi uçun








