Ukraina hukumati va Xalqaro valyuta jamğarmasi rasmiy Kiyevga 14 oylik muddatga 3,9 mlrd dollar kredit ajratiş haqida kelişib oldi.
“Yangi dastur 2,8 mlrd SDR (XVJning maxsus tölov birligi, 3,9 mlrd dollarga teng) taqdim qilişni közda tutadi, bu mablağ 2019 yilda Ukrainada iqtisodiy barqarorlikni ta'minlaydi”, deb aytilgan XVJ xabarida.
XVJning yangi krediti haqidagi qaror Ukraina hukumati aholi uçun gaz narxini 23,5 foizga kötargandan keyin qabul qilingan.
Gazga yangi narxlar 1 noyabrdan amal qila boşlaydi. Endi ming kubmetr gaz ukrainaliklarga 8,5 ming grivenga (amaldagi kurs böyiça 300 dollardan köproq) tuşadi.
Ukraina boş vaziri Vladimir Groysman bu qaror har bir ukrain oilasiga qanday qiyinçiliklar keltirişini tuşunişini aytgan, biroq XVJ yangi kredit beriş uçun gaz narxini 60 foizga kötarişni talab qilganini ta'kidlab ötgan.
Gaz narxini oşiriş XVJning Kiyev bilan hamkorlikni davom ettirişining şartlaridan biridir. XVJ ijtimoiy majburiyatlarni bekor qiliş va bozor narxlariga ötişni talab qiladi.
XVJning Ukrainaga 4 yillik yordam dasturi uşbu mamlakatga 17,5 mlrd dollar ajratilişini közda tutgan. Yangi dastur uning örnini egallaydi, kredit taqdim qiliş şartlari unça qat'iy bölmaydi, biroq foizlar yuqoriroq böladi.












