Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzuridagi “Respublika termitlarga qarşi kuraşiş markazi”DUK faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Quriliş vazirligi, Madaniyat vazirligi va “Özagrokimyohimoya” AJning Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzuridagi “Respublika termitlarga qarşi kuraşiş markazi” davlat unitar korxonasining faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisidagi taklifi qabul qilinişi mumkin.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifa va funksiyalari qatoridagi faoliyatining muhim yönalişlari etib belgilanadi:

Respublikada aholi turar joylari, tabiiy va tarixiy obidalar, strategik obektlar hamda inşootlar va oçiq yer maydonlarida termitlariga qarşi zaharli yem-xöraklarini yaratiş yuzasidan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot işlarini olib boriş;

Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti yoki boşqa taşkilotlar tomonidan yaratilgan termitlarga qarşi kuraşiş vositalarining biologik samaradorligini örganiş, tegişli xulosalar taqdim etiş;

yem-xörak işlab çiqariş texnologiyasi va uni qöllaş usullarini doimiy ravişda takomillaştirib boriş va amaliyotga joriy etiş;

termitlarga qarşi kuraşiş uçun yaratilgan yangi vositalarning iqtisodiy va biologik samaradorligini oşiriş, amaliyotga joriy qiliş, termitlarga qarşi kuraşiş yuzasidan uslubiy qöllanmalar, tavsiyalar, yöriqnomalar işlab çiqiş hamda patentga talabnoma tayyorlaş;

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari va “Özagrokimyohimoya” AJning hududiy filiallarining buyurtmasiga binoan termitlarga qarşi yem-xöraklarni şartnoma asosida tayyorlab beriş;

zarur hollarda jismoniy va yuridik şaxslar bilan şartnoma asosida termitlarga qarşi kuraşiş işlarini amalga oşiriş;

termitlarni örganiş böyiça ilmiy-tadqiqot işlarini rivojlantiriş maqsadida markaz xodimlarini xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markazlarida malakasi oşirilişini ta'minlaş.