Italiya çempionati 9-turidan örin olgan bir öyin yakunlandi. 

«Yuventus» öz maydonida «Jyenoa» bilan öynadi va 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi. 

Turinliklar bahsda juda katta taşabbusga ega bölişdi. 18-daqiqada Ronaldu hisobni oçdi. Şundan söng ham «Yuventus»da gol uriş uçun köplab imkoniyatlar böldi. Ammo «Jyenoa» himoyasi boşqa xatoga yöl qöymadi. 67-daqiqada esa himoyaçilar xatosi uçun «Yuventus»ni jazoladi - Bessa töpni boşi bilan Şçensni darvozasiga yölladi.

Bu «Yuventus»ning mavsumdagi ilk marotaba oçko yöqotişi böldi. Jamoa 25 oçko bilan işonçli tarzda peşqadamlik qilmoqda. «Jyenoa» 13 oçko bilan 10-örinni egallab turibdi.

A Seriya, 9-tur
Yuventus – Jyenoa 1:1
20 oktabr, «Alyants Stedium» 
Gollar: 1:0 – 18 Ronaldu, 1:1 – 67 Bessa. 
Yuventus – Şçensni, Bonuççi, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Benatiya, Pyaniç, Bentankur, Matyuidi (Dibala, 71), Kuadrado (Duglas Kosta, 59), Mandjukiç (Bernardeski, 81), Ronaldu.
Jyenoa – Radu, Romero, Krişito, Pedru Pereyra (Gyunter, 79), Biraski, Romulo, Lazoviç, Sandro, Bessa (Xilemark, 82), Pyontek, Kuame (Pandev, 85).
Ogohlantirişlar: Romero (9), Benatiya (30), Krişito (71).