Bugun, 20 oktabr kuni Xalq deputatlari Farğona şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi. Farğona viloyati hokimi qaroriga asosan, Hamidjon Ismailoviç Habibiddinov Farğona şahri hokimi lavozimiga tayinlandi.
Hamidjon Habibiddinov bundan oldin Farğona viloyati Davlat soliq boşqarmasi rahbari vazifasini vaqtinça bajaruvçi bölib işlab kelayotgan edi. Ungaça esa Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi yuridik şaxslarga soliq soliş boş boşqarmasi boşliği bölgan.
Ma'lumot örnida: Joriy yilning 15 oktabr kuni Farğona viloyati Şuhrat Ğaniyev rahbarligida viloyat faollari iştirokida ötkazilgan yiğilişda Farğona şahri hokimi Şavkat Şokiroviç Erkaboyev lavozimidan ozod etilgan edi. U 2016 yilning 1 dekabridan buyon Farğona şahri hokimi sifatida işlab kelayotgandi. Erkaboyev faoliyati davomida, şahardagi quriliş va obodonlaştiriş işlarida kamçiliklarga yöl qöygani, 2018 yilgi paxta mavsumida terim körsatkiçlari past bölgani uçun işdan olingan. 16 oktabr kuni Farğona şahriga Ravşan Rahimjonov yangi rahbar (v.b) etib tayinlangandi.












