Italiya prezidenti Serjo Mattarella Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni özi uçun qulay vaqtda Italiyaga taşrif buyurişga taklif qildi. TIV matbuot xizmati xabar berişiça, u bu haqda Özbekistonning Italiyadagi yangi elçisi Otabek Akbarovdan işonç yorliğini qabul qiliş çoğida aytib ötgan.

Foto: TIV matbuot xizmati

Italiya davlat rahbari 18 yillik tanaffusdan söng ikki mamlakat rahbarlari örtasidagi muloqotni qayta tiklaş muhim ahamiyatga egaligini ta'kidlagan.

Bundan avvalroq Çexiya va Isroil rahbarlari ham Özbekiston prezidentiga şunday takliflarini bildirişgandi.

Özbekiston prezidenti 2019 yil yanvarida Germaniyaga taşrif buyurişi rejalaştirilgan. Şuningdek, 2019 yil boşida Yaponiyaga ham safar amalga oşirilişi ham mumkin.