20 oktabrda Saudiya Arabistoni Istanbuldagi konsulligida jurnalist Jamol Qoşiqçining ölganini tan oldi. Saudiya Arabistoni boş prokurorining ta'kidlaşiça, jurnalistning ölimiga konsullikda yuz bergan mojaro olib kelgan. Jurnalist 60 yoşini qarşilaşiga sanoqli kunlar qolganda öldirilgan. Quyida u haqida biografik ma'lumotlar keltirilgan.

Kelib çiqişi, ma'lumoti
Jamol Qoşiqçi 1958 yil 13 oktabrda Madinada turk ildizlariga ega nufuzli oilada tuğilgan. Uning amakisi Saudiya Arabistonining birinçi qiroli Abdulaziz Ol-Saudning şaxsiy şifokori bölgan. Qoşiqçi oliy ma'lumotni AQŞda olgan, u 1982 yilda Indiana ştati universitetini “biznes-ma'murlik” ixtisosligi böyiça yakunlagan.
Karerasi
Qoşiqçi Saudiya Arabistoniga qaytgaç, 1985 yilda ingliz tilida çop etiluvçi Saudi Gazette naşri muxbiri sifatida jurnalistik faoliyatini boşlagan. 1987-1990 yillar davomida turli naşrlarda, jumladan Asharq Al-Awsat naşrida işlagan, 1990-1991 yillarda esa Al Madinah gazetasi boş muharriri vazifasini bajaruvçi sifatida faoliyatini davom ettirgan.
Qoşiqçi 1991-1999 yillar davomida Al Hayat arab naşrining xorijiy muxbiri sifatida Afğoniston, Sudan, Jazoir va Quvaytdagi voqealarni yoritgan. OAV ma'lumotlariga köra, u şu davr davomida Saudiya Arabistoni razvedkasi bilan hamkorlik qilgan. Jurnalist 2001 yilda AQŞda sodir etilgan teraktlargaça “Al-Qoida” yetakçisi Usoma bin Lodindan bir neça marta intervyu olgan. Qoşiqçi 2011 yildagi intervyularidan birida bin Lodin bilan döst bölgani va bir vaqtlar uning qaraşlarini qöllab-quvvatlaganini tan olgan.
Qoşiqçi 1999-2003 yillarda Arab News naşri boş muharriri örinbosari lavozimini egallagan, 2003 yilda Al-Watan naşriga rahbarlik qilgan. U 2 yildan keyin heç qanday tuşuntirişlarsiz böşatib yuborilgan. Şundan keyin 2002-2005 yillarda Saudiya Arabistonining Britaniyadagi elçisi, 2007 yilda esa AQŞdagi elçisi bölgan şahzoda Turki al-Faysalning mediamaslahatçisi sifatida faoliyat yuritgan.
Qoşiqçi 2007 yilda yana Al-Watan’ga boş muharrir etib tayinlangan, biroq 2010 yilda salafiylik böyiça bildirgan tanqidiy fikrlari uçun böşatib yuborilgan.
Qoşiqçi 2017 yildan AQŞda yaşab, Washington Post naşri uçun maqolalar yozgan. Şuningdek, u bloger hamda telekörsatuvlar va tok-şoularda iştirok etuvçi mutaxassis sifatida tanilgan.













