Xitoy 2022 yilgaça törtta «Sun'iy Oy» sun'iy yöldoşini orbitaga çiqarişni rejalaştirmoqda. Ular yer yuzasini tungi vaqtda yoritib, Yerning tabiiy yöldoşidan sakkiz martaga tezroq quyoş nurlarini aks ettiradi. Loyiha haqida China Daily xabar berdi. Naşr ma'lumotlariga köra, birinçi «Sun'iy Oy» 2020 yilda Siçan kosmodromidan kosmosga uçirilişi mumkin.

«Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oşirilsa, 2022 yilda yana uçta şunday obekt uçiriladi», - deya aytib ötdi gazetaga loyiha rahbari, Çendu şahridagi Tyanfu yangi tumani Ilmiy uyuşmasi rahbari U Çunfen. Olimning aniqlik kiritişiça, «Sun'iy Oy» Yerdan 500 km balandlikda, ya'ni Oyning öziga juda yaqin joylaşadi. Buning natijasida sun'iy yöldoş juda porloq böladi, deya qöşimça qilib ötgan U Çunfen. 

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, yangi sun'iy yöldoş kunduzgi nurni almaştira olmaydi, sababi u tomonidan aks ettiriluvçi quyoş nurlari tezligi Çendu şahridagi oddiy tungi yoritişdan taxminan 20%ni taşkil qiladi. Biroq, bu loyiha har yili maydoni 50 kvadrat kilometr bölgan joyni yoritişda 174 million dollarni tejaş imkonini beradi, dedi loyiha kuratori.

U Çunfenning sözlariga köra, «Sun'iy Oy», masalan, elektr energiyasi ta'minotida muammolar yuz beradigan bölsa, tabiiy ofatlar yuz bergan hududni yoritişda foydalidir. Uning aniqlik kiritişiça, birinçi bunday sun'iy yöldoş tajribaviy böladi, qolgan uçtasi «katta munitsipal va tijorat salohiyatga ega tölaqonli loyihalar»ga aylanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp Xitoy Rossiyadan ham xavfli ekanini ma'lum qilgandi.