Jasur ğoyalar insoniyatni doim oldinga siljitib kelgan. Biz kundalik turmuş tarzida foydalanayotgan qulayliklarning har biri öz vaqtida biror «telba»ning xayoliy «mahsuloti» bölgan. Deyarli har bir «telba» öz ğoyasi tufayli «aqli raso»lar tomonidan mazax qilingan, dakkilar eşitgan. Ğoya hayotga tatbiq etilgandan söng esa dakki beruvçilar heç narsa körmagandek yangi qulaylikdan foydalanib ketavergan.
Ilon Mask
Ilon Mask Tesla kompaniyasi asosçisi emas. Ammo u 2004 yilda bu kompaniyaga kelganda, Tesla konveyerida faqat bitta elektromobil – narxi 100 ming dollar turadigan Roadster sportkari bölgan, xolos. 2006 yilga kelib Mask kompaniyaning yangi, köpçilikka xomxayol bölib köringan rejasini ovoza qildi: ommabop elektromobillar işlab çiqariş.

Ilon Mask bilan taniş bölganlar uni «uddalab bölmaydigan işlarga qöl uradigan odam» deb ta'riflaşadi. Mask biror-bir muammo bilan yuzma-yuz kelganda, uni har qança tölov talab qilinmasin hal qilişga kirişadi va boşqalar noreal deb hisoblagan işlarni muntazam qilib keladi.
2006 yilda elektromobil ommabop bölişi mumkinligi heç kimning xayoliga ham kelmagan – «elektromobil albatta qimmat böladi» degan fikr ustuvor bölgan edi. Şu bois, Maskning rejasi jiddiy qabul qilinmadi, şunçaki bir telbanamo piarga yöyildi. Ammo voqealar rivoji boşqaça keçdi.
2012 yilda sotuvga narxi 75 750 dollardan boşlanadigan, bir bor quvvat olib, 502 kilometrgaça yuradigan bir dvigatelli Tesla Model S çiqdi. 2012 yilning 12 noyabrida u Amerikada Motor Trend jurnalining «Yil avtomobili» sovrinini qölga kiritdi. Bu boşlanişi edi.
2015 yilda kompaniya Tesla Model X’ni, 2016 yilga kelib narxi 35 ming dollar turadigan, qayta quvvatlantirişsiz 320 kilometr yuradigan Tesla Model 3’ni sotuvga çiqardi.
Tesla Model X

Tesla Model 3

2017 yil noyabr oyida kompaniya 40 tonna yuk bilan 800 km yuradigan Tesla Semi taqdimotini ötkazdi. Uning sotuvga çiqarilişi 2019 yilga möljallangan. Uni dunyodagi birinçi elektr yuktaşigiç deyişmoqda.













