2019 yilning yozida amerikalik yozuvçi, 1954 yilda adabiyot böyiça Nobel mukofoti laureati bölgan Ernest Xemingueyning avval e'lon qilinmagan ikkita hikoyasi naşr etiladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Yozuvçining adabiy merosi boşqaruvçisi Maykl Katakis sözlariga köra, 1950-yillarda yozilgan «Monument» hamda «Hindular davlati va oqlar armiyasi» hikoyalari «Qönğiroq kim uçun çalinmoqda» romanining yangi naşriga kiritiladi.

Uning qöşimça qilişiça, maxsus naşrga «Boğ tomondagi xona» hikoyasi ham kiritiladi, u Strand Magazine jurnali 2018 yilda uni e'lon qilişidan avval oddiy öquvçilar orasida deyarli noma'lum bölgan.

Hozirgi paytda romanning yangi naşri qaçon aniq çiqarilişi xabar qilinmayapti.