Işonç şu qadar katta kuçga egaki, ölayotgan odamni tiriltirişi, soppa-soğ insonni falaj qilişi, hatto öldirişi mumkin. Işonç bizni bu dunyoda suyab turgan ustunlardan biri. Ozuqa odam uçun qançalar darkor bölsa, işonç va umid ham şunçalar zarur. Bu narsalar ruhimiz ozuqasi hisoblanadi. Dino Butssatining «Yetti qavat» hikoyasida işonç nelarga qodir ekani yoritib berilgan.
Syujyet:
Juzeppe Korte ismli odam arzimas istima bilan 7 qavatli maşhur klinikaning 7-qavatiga joylaşadi. Uning bilişiça, klinikada mijozlarni kasalligining oğir-yengilligiga qarab qavatlarga taqsimlaşar ekan.
Eng yuqori, yettinçi qavat dardi hammadan ham yengillar uçun möljallangan. Oltinçi qavatga dardi unçalik oğir bölmasa-da, harholda unça-munça xavotirli tomoni borlar yotqiziladi. Beşinçi qavatda ahvoli, ruhiyati ança oğir bölganlar davolanardi, şu tariqa — qavatma-qavat tuşilaveradi. Ikkinçi qavatda kasali juda oğir şörliklar yotardi. Birinçi qavatda dunyodan ilinji batamom uzilganlar, tuzalişidan umid yöqlar…
Xullas, Korte kasalxonada davolana boşlaydi. Tez orada Korteni bir narsalarni bahona qilib 6-qavatga tuşirişadi. Keyin 5, keyin 4, 3, 2 va nihoyat 1-qavatga. Korte har bir poğonadan pastga tuşişda özining çindanam xasta ekaniga işona boşlaydi. 1-qavatga tuşganda u deyarli falaj holatda edi…
Tahlil:
Köplab hikoyalar kabi Dino Butsattining «Yetti qavat» hikoyasini ham ijtimoiy-siyosiy va maişiy-psixologik tahlil qiliş mumkin. Zero, haqiqiy asar turli talqinlarga imkon beradi.
7 qavat bino – qulayotgan jamiyat, undagi tartib-qoidalar – jamiyat qonuniyatlari, qahramon esa öşa jamiyatning asosli-asossiz qoidalariga böysunuvçi qurbon ramzi. Kasalxona – taraqqiyotga emas, tanazzulga olib boruvçi tuzum, u yerdagi tartib-qoidalar rasmiyatçilik, ma’muriy buyruqbozlik tizimi. Asar zamirida keraksiz qoidalarga boy jamiyat insonlarning öz ixtiyoridan, şaxsiy tanlovlaridan, xohiş-istaklaridan ayiradi va muqarrar halokatga olib boradi degan ma’no yotadi.
Qahramonimiz yettinçi qavatdan birinçi qavatga sayin tuşib borişi bejiz emas. Birinçi qavat tanazzul bölsa, arzimas sabablar, tasodiflar, kimlarningdir lozim topişi, kimlarningdir aldovlari, qarorlari orqali boş qahramon ham öşa tanazzulga qarab şönğib boryapti. Qarşilik körsatmayaptimas, körsatyapti, ammo bu qarşilik qança kuçaysa, jamiyat uni şunça kuçsizlantirib boryapti.
Hikoyada mantiqiy izçillik kuçli. Qahramonning yettinçi qavatdan birinçi qavatgaça tuşib kelişi kasalxonadagi tartib-qoidalarning natijasi ekanligi işonarli tarzda körsatib berilgan. Şunday mohirlik bilan körsatilganki, kitobxon













