Ilg‘or paxta terimchilar kitob mahsulotlari bilan rag‘batlantirildi
Paxta hosilini yig‘ib-terib olish jarayonida terimchilar va hasharchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan madaniy-ma'rifiy tadbirlar va arzonlashtirilgan kitob savdo-ko‘rgazmalari tashkil etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 2018 yil 21 oktabr kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo va Sayxunobod tumanlarida paxta terimiga jalb etilgan terimchi va hasharchilar uchun madaniy-ma'rifiy tadbirlar uyushtirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Shukur Qurbon va nashriyotning bir qator ijodiy xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida 21 oktabr – “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan nashriyot xodimlari tomonidan o‘zbek tiliga qaratilayotgan e'tibor, uning ahamiyati, milliy madaniyat va ma'naviyatni kelajak avlodga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi ekanligi haqida ma'ruzalar qilindi hamda shoir Shukur Qurbon ijodidan namunalar o‘qib, terimchilar bilan mazmunli suhbat o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida jahon adabiyoti va o‘zbek adabiyoti durdonalari, jumladan, O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi”, “Nur borki soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Dunyoning ishlari”, Erkin Vohidovning “Inson”, Maqsud Qoriyevning “Spitamen” kabi nashriyotda chop etilgan sara kitob mahsulotlari bilan ilg‘or terimchilar va fidoyi hasharchilar rag‘batlantirildi.

Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi

12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi

10:29 / 06.02.2025
Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda

11:29 / 01.02.2025