Janubiy Koreya parlamenti deputati Yun San Xenning aytişiça, 2017 yilda Şimoliy Koreya sanksiyalarga qaramay 640 million dollarlik haşamatli buyumlar sotib olgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Xenning sözlariga köra, uşbu xaridlarga Xitoydan import umumiy hajmining 17,8 foizi töğri keladi. U 3,7 mlrd dollarni taşkil qiladi.
«Kim Çen In Xitoy va boşqa mamlakatlarda gidrosamolyot, qimmatbaho musiqa asboblari, eng sönggi televizor tizimlari, avtomobillar, spirtli içimliklar, soatlar, möynali mahsulotlarni sotib olgan», - deya ta'kidlab ötdi Xen.
Uning qöşimça qilişiça, uşbu xaridlarning aksariyati KXDR elitasi uçun sovğalar hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreya prezidenti KXDR yetakçisining rejalarini oşkor qilgandi.













