«Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayevning tergov izolyatoridagi hayoti tafsilotlari oşkor qilindi.
«Butirka» tergov izolyatorining boşliği Sergey Telyatnikov futbolçilar, Kokorinning ukasi Kirill va törtinçi iştirokçini alohida, 2-4 mahbusga möljallangan kiçik kameralarga joylaştirgan.
Tört nafar ayblanuvçida bir nafardan kameradoş bor, ularning uç nafari öğrilik, yana biri aliment tölamagani uçun uşlangan.
Kokorinning kamerasi navbatçi xodim bilan boğlanişga möljallangan videoaloqa xizmatiga ega. Mamayevning kamerasida bunday tizim yöq. Kameralar videokuzatuv tizimi bilan jihozlanmagan.
Futbolçilarni heç kim urmayapti, ularning pullarini heç kim tortib olmayapti. Ular «paraşa»ni (hojatxonani) faqat öz ixtiyoriga asosan, kameradoşlari bilan navbatma-navbat yuvmoqdalar.
Futbolçilar sportzalda şuğullaniş va yuviniş xonasidan foydalaniş uçun navbatga yozilişgan. Ulardan foydalaniş narxi 500 rubl. Mamayev izolyator qoşidagi kiçik çerkovga muntazam qatnamoqda.
Kokorinning kayfiyati boşqalarnikidan yomonroq. U yonidagi kameraga joylaştirilgan ukasi Kirillning ahvolidan xavotirda. Çunki, u devorlarining suvoği tuşgan va yoqimsiz hidli kameraga joylaştirilgan. Kokorin har doim Kirill haqida sörayapti, hatto u bilan kamerasini almaştirişga ham tayyor. Biroq, qamoqxona «mehmonxona» emasligi, kameralar şunçaki almaştirilmasligi haqidagi javobni olgan.
Mamayev qilgan işidan afsusda va buni oçiq oydin, köp marta aytmoqda. Kokorin bunday sözlarni kam işlatmoqda, deb xabar beradi «Moskovskiy Komsomolets».












