Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulkni buzib tashlash tartibini buzganlik uchun jarimalar kuchaytirildi
O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni buzib tashlash tartibini buzish uchun jarimalar oshirildi. Bu prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 241(11)-moddasi (Ko‘chmas mulkni buzib tashlash tartibini buzish):
birinchi qismining sanksiyasidagi (Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi tadbirkorlik sub'yektlariga tegishli binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni zararning o‘rnini mazkur mol-mulkning bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘liq qoplamagan holda buzib tashlash - mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi) «yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha» degan so‘zlar «ellik baravaridan yuz baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirildi;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi (Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa - mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi) «ellik baravaridan yuz baravarigacha» degan so‘zlar «yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirildi.
Mavzuga oid
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026
Ariq va irrigatsiya tizimlarini ko‘mib tashlaganlar jarimaga tortiladi
23:08 / 04.04.2026
Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
15:56 / 25.03.2026