XXR raisi Si Jinping Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga maktub yölladi.
“Xitoy Xalq Respublikasi taşkil topganining 69 yilligi munosabati bilan yöllagan samimiy tabrigingiz uçun Sizga çuqur minnatdorlik bildirişga ijozat bergaysiz”, - deb boşlanadi maktub.
Qayd etilişiça, joriy yil boşidan Xitoy va Özbekiston örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarida ijobiy tendensiya davom etib, özaro siyosiy işonç muttasil mustahkamlanib bormoqda.
"Bir makon, bir yöl" taşabbusini birgalikda röyobga çiqarişda yangi muvaffaqiyatlarga erişildi, xalqlarimiz örtasidagi özaro anglaşuv va döstlik izçil mustahkamlanmoqda. Siz bilan Kingdao şahrida ŞHT sammiti doirasidagi uçraşuvimizni tez-tez eslayman, uşbu uçraşuvdan söng ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş böyiça biz qabul qilgan yangi rejalar bosqiçma-bosqiç hayotga tatbiq etilmoqda”, - deb yozadi XXR raisi.
“Men Xitoy – Özbekiston aloqalarini rivojlantirişga alohida e'tibor qarataman, örtamizda şakllangan amaliy munosabatlar va şaxsiy döstlikni yuksak qadrlayman. Xitoy va Özbekiston örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yölida izçil rivojlantirişni rağbatlantiriş maqsadida bundan buyon ham Siz bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirişga umid qilaman. Sizga mustahkam soğlik, baxt-saodat, Özbekiston xalqi farovonligi yölidagi olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman”, - deyiladi Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpingning maktubida.












