2018 yil 22 oktabrdagi Özbekiston Respublikasi Qonuni bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
Unga muvofiq, endilikda transport vositasini boşqariş vaqtida haydovçilarning telefondan foydalanişi eng kam iş haqining uç baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi (ilgari ikki baravar).
Xuddi şunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, eng kam iş haqining tört baravari (ilgari uç baravar) miqdorida jarima solişga yoki transport vositasini boşqariş huquqidan olti oygaça muddatga mahrum etişga sabab böladi.












