1912 yil aprel oyida çökib ketgan Britaniyaning maşhur transatlantik paroxodi «Titanik»ning ikkinçi versiyasi 2022 yilgaça quriladi. Bu haqda Evening Standard xabar bermoqda.

Foto: REUTERS

The Titanic II Dubay - Sauthempton yönalişi böylab birinçi safarini amalga oşiradi, söng Nyu-Yorkka yöl oladi. Kema avstraliyalik milliarder Klayv Palmerning buyurtmasi bilan Xitoyda quriladi, uning bortida 2400 nafar yölovçi va ekipajning 900 a'zosi joylaşişi mumkin böladi.

Kontseptsiyaga köra, «Titanik» avvalgi versiyasining içki bezaklari yangi kemada saqlanib qoladi va WiFi bölmaydi. «Blue Star Line «Titanik»ni tiklab, kemaning avvalgi dizayni hamda navigatsiyasini saqlab qoladi. Bu yölovçilarga lyuks klassdagi yuqori qulaylik taqdim etiş maqsadida qilinadi», - deya aniqlik kiritdi Blue Star Line kruiz kompaniyasi asosçisi Klayv Palmer.

Dastavval, The Titanic II safari davomida aysberg bilan töqnaşuv modellaştirilişi rejalaştirilgandi, biroq tanqidga uçragan Klayv Palmer bu ğoyadan voz keçdi.

«Titanik» transatlantik paroxodning asl versiyasi 1912 yilda Belfastda White Star Line kompaniyasi buyurtmasi böyiça qurilgan. Öşanda u dunyodagi eng katta kema edi. Biroq, Sauthempton - Nyu-York birinçi qatnovidayoq kema aysberg bilan töqnaşib, halokatga uçradi. «Titanik» 10 aprel kuni Atlantika okeaniga bortida 1317 nafar yölovçi va ekipajning 908 a'zosi bilan birga çiqqan hamda 14 apreldan 15 aprelga ötar tunda çökib ketgan. Fojia 1496 kişining hayotiga zomin böldi, «Karpatiya» kemasi esa barça omon qolganlarni qutqardi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyda dunyodagi eng uzun dengiz köprigi oçilgani xabar qilingandi.