Sizda iPhone smartfonlari nomlanişidagi harflar nimani anglatişi haqida savol tuğilgan bölsa kerak. Buning aniq javobini şu kungaça heç kim bilmagan. Apple’ning marketing vitse-prezidenti Fil Şiller uşbu “sir”ni oşkor etdi.
Ma'lum qilinişiça, iPhone’ning köplab modellari nomlanişidagi harflar heç narsani anglatmaydi. Biroq bundan istisnolar mavjud. iPhone 3GS’da “S” harfi “Tezlik” (Speed) sözini bildiradi. 2011 yilda işlab çiqarilgan iPhone 4S nomidagi “S” harfi esa Siri – ovozli yordamçini bildiradi. iPhone SE’da “SE” harflari “Special Edition” (“Maxsus tahrir”) deganini anglatadi.
5C, 5S, 6S, 7S kabi modellar uçun kompaniya heç qanday tuşuntirişlar bermagan. Ayfonlarning sönggi modellari nomlanişidagi “XS” va “XR” harflari ham heç narsani anglatmaydi. Biroq Şiller unga “S” va “R” harflari qimmatbaho sportkarlar modellari nomlarini eslatib yuborişini aytgan.












