Suriyada “Al-Qoida” jangarilari tomonidan 3 yil avval asirga olingan yaponiyalik jurnalist Dzyumpey Yasuda ozod etildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi. 

Dzyumpey Yasuda
Foto: Twitter

Yaponiya hukumati vakili Yesixide Suganing ma'lum qilişiça, 44 yoşli jurnalist ayni vaqtda Turkiyaning Antakya tumanidagi muhojirlarni qabul qiliş byurosida qolmoqda.
 
“Ayni vaqtda Yaponiya tomonidan uşbu şaxs haqiqatan ham Dzyumpey Yasuda ekanligining tasdiqlanişi kutilmoqda”, deb aytgan Turkiya vakili. Ta'kidlanişiça, jurnalist 2015 yilda Turkiya hududi orqali noqununiy ravişda Suriyaga ötgan.  
 
Yasuda Suriyaga 2015 yilda kirib, terrorçilar tomonidan uşlab olingan. Jangarilar uning ozod etilişiga 10 mln dollar söraşgan, biroq Yaponiya hukumati bu talabni bajarişdan boş tortgan.