Suv Yerning barça biosferalari asosini taşkil qiladi. Bu har qanday tirik organizmning asosidir. Barça tirik jonzotlarning organizmiga doimiy ravişda suvning kirişi zarur.

Bu maqolada suv töğrisidagi keng tarqalgan fikrlarni e'tiboringizga havola qilib, ulardan qaysilari haqiqat yoki aksinça ekaniga oydinlik kiritamiz.

Foto: Pixabay

1. Odam iste'mol qilişi kerak bölgan kunlik norma 8 stakan

Umuman notöğri deb bölmaydi, kuniga 8 stakan suv içiş normasi optimal bölgan holatlar ehtimoli bor. Biroq bu normani universal va keng qamrovli deb bölmaydi. Odam organizmining içimlik suviga bölgan ehtiyoji hajmi köplab omillarga boğliq böladi. Bu odamning antropometrik ma'lumotlari (böyi va vazni), yoşi, soğliğining holati, u yaşaydigan joyning ob-havosi, bino içidagi mikroiqlim, maşğulot va  h.k. Issiq va quruq havoda (yoki ana şunday iqlim hududida) odamning suvga bölgan ehtiyoji ortadi. Bu holat faol jismoniy zöriqişlar paytida ham kuzatiladi.

2. Suv organizmdagi toksinlar yöqotilişiga yordam beradi

Töğri suv iste'molining ortişi buyraklar faoliyatining organizmdan namlikni yöqotiş uçun faollaşuviga sabab böladi. Bunda odam tanasidagi turli zararli moddalar taşqariga çiqiş holati sodir böladi.

3. Içimlik suvi ortiqça vazn bilan kuraşda yordam berişi mumkin

Bu haqiqatan ham şunday. Biroq gap faqat toza suv haqida ketmoqda. Gazli suvlar töğrisida emas (ayniqsa, şirin gazli suvlar). Çunki bunday içimliklar aksinça vazn töplaşga olib keladi.

Içimlik suvining ijobiy ta'siri haqida aytadigan bölsak, uning mexanizmi oddiy. Birinçidan, uni içiş miqdori moddalar almaşinuvini tezlaştiradi, organizmdagi zaharli moddalar çiqib ketişiga yordam beradi. Ikkinçidan, odatda odamlar köpinça çanqoq hissini oçlik bilan adaştirişadi. Bir stakan oddiy suv içib, biror narsa yeyiş istagidan xalos böliş mumkin.

Foto: Pixabay

4. Plastik butilkalardan köp marotaba foydalaniş tavsiya etilmaydi