Bugunga kelib samarali mehnat qiliş, biznes sirlari kabi motivatsion mavzular dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. KUN.UZ «Vilgud» asosçilaridan biri Barno Tursunovaning biznesda samarali işlaşga yordam beruvçi odatlar xit-paradi bilan bölişişga qaror qildi.

1. Tez qaror qabul qiliş va harakatni boşlaş

Ba'zan turli öy-fikrlar va xavotirlarga şu qadar köp energiya ketadiki, işlaşga kelganda kuç qolmaydi. Men energiyamni imkon qadar köproq oldinga harakat qiliş uçun yönaltiraman. Men tabiatan tadbirkorman va tavakkal qilişdan qörqmayman.

2. Keraklisini saralaş

Agar qaysidir ğoya iş bermasligini tuşunsam, buni özim va jamoam oldida tan olişdan qörqmayman. Biz natija keltirmaydigan narsalarga vaqt va resurs investitsiya qilişni töxtatamiz va boşqa yönalişlardan köproq natija olamiz.

3. Qilinayotgan işga diqqatni jamlaş

Men iş vaqtida özimni töliq işga bağişlayman. Uyga kelişim bilan bor e'tiborimni oilam va yaqinlarimga qarataman.

4. Doimiy öqib örganiş

Samaradorligimning yana bir siri - doimo öz işining ustalaridan öqib örganişimda. Şundagina maksimal tezlikda harakat qilişning uddasidan çiqiş mumkin.

Bundan avval KUN.UZ'da Barno Tursunovaning bolalarda tadbirkorlik qobiliyati rivojlantirişga oid maslahatlari taqdim etilgan edi.

Kiçik dökondan Rossiyaning eng yirik avtoservislar tarmoğigaça bölgan yölni bosib ötgan özbek işbilarmonlar oilasi tarixi bilan quyidagi havola orqali tanişişingiz mumkin.