«Vilgud» asosçilaridan biri Barno Tursunova bolalarda tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantiriş böyiça öz tajribasini örtoqlaşadi. U öz ustunçasida oilasi misolida tört vaziyatni tasvirlab, ularning uç nafar farzandida biznes-könikmasini şakllantirişga hissa qöşganini tuşuntiradi.

«Men va turmuş örtoğim Şerzod Tursunov – seriyali tadbirkorlarmiz. Biz milliard savdo aylanmasiga ega ikkita kompaniya - «Yevrodizayn» va «Vilgud»ga asos soldik. Biznesda innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaymiz, hayotda esa an'analarga amal qilamiz. Biz uçun oila - birinçi örinda.
Farzandlarimiz – Şirin, Azamat va Azizga bolaligidanoq tadbirkorlik könikmalarini singdirişga harakat qilamiz. Ular oilaviy kompaniyani rivojlantirişlari uçun emas (ular kelajakda nima bilan şuğullanişni özlari hal etişlari mumkin), balki tafakkurning muayyan turini örgatiş – nostandart yeçimlar topiş, narsalarga noodatiy burçakdan nazar soliş, muzokaralar olib boriş uçun. Bolalarda tadbirkorlik xislatlarini qanday rivojlantirayotganimiz aks etgan vaziyatlar quyidagiça:
1-vaziyat
Bu yil yoz faslida kiçik öğlimizni bozorda işlaş uçun Toşkentga yubordik. U sotişni örganib, narxni aytişdan qörqmaslikka örganişini istadik. Dastlab işga çiqiş uçun örnatilgan maoş oldi.
Biroq bu uni rağbatlantira olmagani uçun unga har bir kelişuv uçun haq tölaşga kelişdim.

Dastlab bunga könikişi qiyin böldi. Uçinçi kuni mavjud şaroitlarda yaşaşga majbur ekanini tuşunib, mahsulotni faol tarzda taklif etişni boşladi. Natijada örnatilgan maoş olib işlayotgan tengdoşlariga qaraganda ikki marta köproq pul işlay boşladi.
Biz nima uçun buni amalga oşirdik: farzandlarimiz uçun sun'iy tarzda murakkab vaziyatlarni yaratişga harakat qilamiz. Maqsad – har bir narsaning qadrini tuşuntiriş. Ana öşanda mehnat va pulni qadrlaşni örganadilar.
2-vaziyat
Oilamizda «ikkita vazifa» tamoyili bor. Bu bolalarda asosiydan taşqari qöşimça vazifa borligini anglatadi. Masalan, örta maktabni tugatiş va xorijiy tilni örganiş. Ular bu vazifani yeçiş yöllarini özlari öylab topişlari lozim. Masalan, katta qizimiz va örtança öğlimiz yarim yilni masofadan öqişga ötkaziş va tilni örganiş uçun AQŞga yuborişni taklif qilişdi. Qaytgaç, ular yilni a'lo baholar bilan yakunlaşdi. Erkin ingliz tili esa bonusga aylandi.













