Özgalarning sizdan kutgan istaklarini oqlaşga harakat qilasiz va özingizni unutasizmi? Bas qiling, ana öşanda hayotingiz biroz yengillaşadi.
Hayotni köpinça özimiz murakkablaştiramiz. Natijada zöriqiş hayotimizning bir qismiga aylanadi. Biroq barini özgartiriş mumkin: nimani qanday bajariş mumkin emasligini yodda tuting va zöriqiş bilan xayrlaşing.

1. Mavhum maqsadlar belgilaş
Maqsad vaqt çeklovlari va aniqlikni hisobga olgan holda belgilanmagan bölsa, unga erişib bölmaydi. Nimadir qilyapsiz, ammo uning natijasi körinmayapti. «Köp pul xohlayman» - muvaffaqiyatsiz maqsadga bir misol. Agar katta maqsadni bir neça kiçiklariga ajratib, ustuvorliklarni belgilasangiz, omadga erişiş imkoni bir neça marta ortadi:
«Maqsadim oyiga 5 million söm işlab topiş. Unga erişiş uçun esa lavozimim kötarilişi lozim. Bunday lavozimga kötarişlari uçun ingliz tilimni Upper Intermediate darajasiga yetkazişim kerak. Buning uçun menga yarim yil kerak böladi».
Ana endi orzuingiz aniq, ölçangan va ustuvor körinişga ega böldi – ingliz tili darajasini yarim yilda bir bosqiçga kötariş.
2. Bariga hozir va darhol ulguriş
«Men uçun hozir nima ahamiyatga ega?» - aynan şu savolga javob berib, hayotingizni ustuvor vazifaga vaqt qoladigan qilib taşkillaştiring.
Tezkor vazifalarni muhimidan ajratişni örganing.
3. Özingizni özgalar bilan taqqoslaş
Siz va özgalarning maqsadlari, boşlanğiç mablaği, imkoniyatlari va şaxsiy xususiyatlari turliça. Köpinça özgalar bilan soliştiriş özingizga açinişga olib keladi.
Taqqoslaşingiz mumkin bölgan yagona inson bu – ötmişdagi özingiz. Öz muvaffaqiyat va mağlubiyatlaringizga qarab yönaliş belgilang. Xatolarni toping va ular ustida işlang.
4. Faqat özgalarga işoniş
Agar siz uçun boşqalar bajarişini kutib ötirsangiz, buning yakuni yoqimli bölmasligi tayin. Sizga yordam qölini çözişga tayyor bölgan kişilarning borligi yaxşi. Biroq ba'zida hodisalar sizning foydangizga bölmasligi mumkin.












