Iroq parlamenti yangi boş vazir Adel Abdul Mahdiy vazirlar mahkamasining 14 nafar vazirini tasdiqladi. Bu haqda Rudaw telekanali xabar bermoqda.
Bugungi kunga qadar lavozimga kirişişni kutgan Mahdiy, mamlakat yangi prezidenti Barham Solih tomonidan tayinlandi. Duşanba kuni tayinlangan boş vazir öz kabinetining tarkibini parlamentga ovoz beriş uçun taqdim etdi.
Telekanal ma'lumotlariga köra, parlament payşanba kuni ovoz beriş jarayonini yakunladi va 23 vazirdan 14 nafarini tasdiqladi. Vazirlar mahkamasi a'zolarining yarmidan köproği ma'qullangani sababli, Mahdiy qasamyod keltirdi va rasman boş vazir lavozimini egalladi.
Xabar qilinişiça, mamlakat Taşqi işlar vazirligiga Muhammad Ali al-Hakim, Neft vazirligiga Tamir al-Gadban boşçilik qiladi. Solihning prezidentlik lavozimi uçun asosiy raqibi bölgan Fuad Husayn yangi moliya vaziri böldi.
Iroq vazirlar mahkamasida 23 örin bor, odatda ulardan 12tasi şialarga, oltitasi sunniylarga, törttasi kurdlarga va bittasi xristianlarga beriladi, deya ta'kidlaydi telekanal. Yozilmagan qoidaga köra, 2003 yildan beri Iroqda şialar vakili boş vazir, sunniylar vakili parlament spikeri, kurdlar vakili esa prezident bölib keladi.












