Polşaning mamlakat hududida Amerika diviziyasini joylaştiriş rejasi Moskvani javob çoralarini körişga majbur qiladi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri bayonot berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
«Bunday holatda biz (...) barça yönalişlardagi ehtimoliy harbiy tahdidlarni bartaraf qilişga tayyor turişimiz kerak böladi», — dedi u. Şoyguning sözlariga köra, Polşaning urinişlari besamar hamda mintaqa xavfsizligi barqarorligi va mustahkamligini ta'minlay olmaydi.
Mudofaa vaziri Moskva xavfsizlik sohasida hamkorlik qilişga urinayotganini va Ğarb bilan harbiy nizoga kirişişni istamayotganini ta'kidladi.
23 oktabr kuni Polşa prezidenti Anjyey Duda AQŞning Örta va kiçik masofaga möljallangan raketalarni yöq qiliş haqidagi şartnomadan çiqişi munosabati bilan mamlakat hududida Amerika qurollarini joylaştiriş masalasi hozirça muhokama qilinmaganini ma'lum qildi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 20 oktabr kuni Qöşma Ştatlar şartnomadan çiqişini bildirgandi. Uning sözlariga köra, Moskva mazkur şartnomani buzayotganligi uçun şunday qilişga majbur bölgan. U Rossiya va Xitoy bilan yangi kelişuv tuzilişi mumkinligini ma'lum qildi.
Rossiya TIV raketalar böyiça yangi şartnoma tuziş imkoniyatini inkor qildi va AQŞni javob çoralari körişi haqida ogohlantirdi.












