22 oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish muammolari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston hukumati 2021 yildan lotin yozuviga to‘liq o‘tishni rejalashtirayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov hamda Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov imzolagan Harakatlar rejasida shunday belgilangani haqida may oyida xabar berilgan edi.

Bu borada lotin alifbosini yanada qulaylashtirish uchun ishchi guruh tashkil etilib, qariyb ikki yil davomida ular ulkan hajmda ish olib borishdi. «Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘ida «O‘zbek tili jonkuyarlari» guruhi tashkil etilib, turli takliflar variant muhokamaga tashlandi, qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi.

Shu masalalarga bag‘ishlangan konferensiyada lotin yozuviga asoslangan joriy alifbomizdagi bir necha harflar o‘zgartirilishi bo‘yicha takliflar berilgan. Bu yakuniy maslahatlashuv ekani, ya'ni ishlar shu yo‘nalishda olib borilishi qayd etilgan.

Kiritilishi kutilayotgan yangi o‘zgarishlarga ko‘ra:

O‘ (O‘ o‘) — Ŏ ŏ

G‘ (G‘ g‘) — Ğ ğ

Sh (Sh sh) — Ş ş

Ch (Ch ch) — Ç ç shaklida yoziladi, Ng — alifbodan olib tashlanadi va uning talaffuzi o‘qitish jarayonida alohida tushuntiriladi.

Menga va boshqa ko‘pchilikka ham yoqmagan jihat: «Ch, ch» harf birikmasi o‘rniga «Ç, ç» joriy etilishi munosabati bilan alifboga «S» harfini joriy etish ham taklif etilmoqda va bu harfdan «Jon», «jo‘ja» so‘zidagi «J» harfi o‘rnida foydalanish mo‘ljallanmoqda: con, cŏca.

Joriy lotincha alifbodagi «J, j» harfi ham qoladi, undan «jurnal», «jirafa» kabi so‘zlardagi sirg‘aluvchi «J» o‘rnida foydalanish mo‘ljallanmoqda: