«Arsenal» Yevropa Ligasi guruh bosqiçining 3-turida «Sporting» klubini 1:0 hisobida mağlub etdi. Şu tariqa, klubning ğalabali seriyasi 11 ta öyinni taşkil etmoqda.

Jamoa 2007 yil oktabridan buyon ilk marta barça musobaqalar doirasidagi qatorasiga 11 ta uçraşuvda faqat zafar quçib kelmoqda. Uşbu bahslar davomida londonliklar 31 ta gol kiritib, 9 marta öz darvozasidan töp olib çiqdi; 4 uçraşuvda esa gol ötkazib yubormadi.

Şu bilan birga, keça «töpçilar» öz tarixida ilk marta Portugaliya klubini safarda mağlub etişning uddasidan çiqdi. Hozirga qadar portugal jamoalari bilan safardagi 6 ta bahsda 3 tadan durang va mağlubiyat qayd etib kelingan edi.

25 oktabr kuni «Arsenal» ustozi Unai Emeri Yevropa Ligasida murabbiy sifatidagi 34-ğalabali öyinini ötkazdi va bu borada özi örnatgan musobaqa rekordini yangilaşda davom etmoqda.

Ta'kidlaş joiz, Emeri 2013-2016 yillarda «Sevilya» klubini boşqargan va şu yillar davomida ketma-ket 3 marta uşbu turnirda ğolib bölgan edi. U 2013/14 yillar mavsumi yakuniga köra Yevropaning eng yaxşi murabbiyi deb topilgan.