Forbes jurnali Rossiyaning eng boy ayollari röyxatini tuzdi. Unga köra, Inteco Management kompaniyasi prezidenti va Moskvaning sobiq meri Yuriy Lujkovning rafiqasi Yelena Baturina navbatdagi marta reytingda yetakçilik qilmoqda. Uning boyligi 1,2 mlrd dollarga baholangan.
Baturinaning boyligi röyxatda undan keyin kelayotgan Wildberries internet-dökoni boş direktori Tatyana Bakalçuk, xususiy sarmoyaçi va milliader Dmitriy Ribolovlevning sobiq rafiqasi Yelena Ribolovleva hamda “Gruppa kompaniy S7’ direktorlar kengaşi raisi Natalya Filyovanikidan 2 marta köproqni taşkil qilgan. Ularning boyligi 600 mln dollarga baholangan.
Keyingi örinlarni “Progress Kapital” direktorlar kengaşi a'zosi, xususiy sarmoyaçi Lidiya Mixaylova va milliarder Arkadiy Rotenbergning qizi Liliya Rotenberg egallaşgan. Ularning boyligi 500 mln dollarni taşkil qiladi.
Forbes’ning ta'kidlaşiça, joriy yilda reytingdan 5 yangi ism, jumladan Lidiya Mixaylova va Liliya Rotenberg örin olgan.
Quyida uşbu röyxat keltirilgan.
1. Yelena Baturina (1,2 mlrd dollar)
2. Tatyana Bakalçuk (600 mln)
3. Yelena Ribolovleva (600 mln)
4. Natalya Filyova (600 mln)
5. Olga Belyavtseva (500 mln)
6. Lidiya Mixaylova (500 mln)
7. Liliya Rotenberg (500 mln)
8. Tatyana Kuznetsova (450 mln)
9. Yevgeniya Gureva (360 mln)
10. Natalya Lutsenko (350 mln)
11. Marina Sedyx (350 mln)
12. Irina Abramoviç (300 mln)
13. Natalya Kasperskaya (270 mln)
14. Larisa Belobrova (260 mln)
15. Svetlana Bortsova (260 mln)
16. Nataliya Opaleva (260 mln)
17. Guzeliya Safina (240 mln)
18. Kseniya Frank (240 mln)
19. Lyubov Xoba (240 mln)
20. Galina Zubitskaya (210 mln)
21. Olga Gruzdeva (200 mln)
22. Polina Deripaska (200 mln)












