
Hammamizga ma'lumki, ikki oydan beri özining juda köp va qimmatbaho sovğalari bilan barçani qiziqtirib qöygan SITRO MILLIONLAR AKSIYASI amalga oşirib kelinmoqda. Tasavvur qiling, 3000 sömga bir içimlik olib içasiz va qarabsizki, qimmatbaho sovğalar va hattoki avtomobil sohibi bölib turibsiz! Şunday bölişi mumkinmi? Biz buni aniqlaşga kirişamiz.

2018 yil 21 oktabr kuni Toşkentning SKM “Samarqand – Darvoza”da SITRO MILLIONLAR AKSIYASI’ning sovğalar taqdimot marosimi bölib ötdi.

Unda ğoliblarga 8 ta smartvatç, 7 ta smartfon, 6 ta velosiped, 1 ta pleysteyşn, 3 ta motoskuter va hatto mega super yutuq - 1 ta “Spark” minglab odamlar köz oldida tantanali ravişda topşirildi.

Ğoliblar yurtimizning turli şaharlaridan kelişgan bölib, aksiya iştirokçilarining tanişi ham, qarindoşi ham emasligiga şaxsan guvoh böldik.

Bundan taşqari, yiğilgan muxlislar orasida qiziqarli bellaşuvlar uyuştirilib, ğoliblarga sovğalar topşirildi. SITRO içimligini şu paytgaça tatib körmagan iştirokçilar uçun SITRO sayli uyuştirildi. Musiqiy çiqişlar böldi.














