
Özbekiston Kubogi finalidan örin olgan OKMK - «Paxtakor» öyinidan oldin, olmaliqliklar ustozi Baxtiyor Aşurmatov va yarimhimoyaçisi Vladislav Kasminin matbuot anjumanida iştirok etib, öz fikrlari bilan örtoqlaşişdi.
«Ertaga bizni juda qiziqarli öyin kutib turibdi. Final oldidan bizda biroz hayajon bor, lekin aslo qörqayotganimiz yöq. Sönggi öyinlarda muvaffaqiyatsizlikka uçradik. Aynan şu sababdan ham ertaga yaxşi öyin namoyiş etişimiz şart.
Bizda tarixda yangi sahifa oçiş imkoniyati mavjud. Işonaman, yigitlar buni yaxşi tuşunib turişibdi. Şu boisdan ham ertaga bor mahoratimizni işga solişimiz lozim böladi. Töğri, «Paxtakor» – juda kuçli jamoa. Bu klubda ajoyib mutaxassis faoliyat olib bormoqda. Lekin biz öz öyinimizni namoyiş etişga harakat qilamiz.
Futbolçi sifatida köplab finallarda iştirok etganman. Endi ilk marta murabbiy sifatida final bahsini ötkazaman. Murabbiy sifatida finalda iştirok etiş mas'uliyatliroq ekanini ayta olaman. Agar ertaga şogirdlarim öz faoliyatidagi eng yaxşi öyinini körsata olsa, ğolib çiqib, ilk marta mamlakat kubogini qölga kiritamiz.
Final bahsiga imkon qadar yaxşi hozirlik olib borişga harakat qildik. Finalda bizni qöllab-quvvatlaydigan muxlislarimiz işonçini oqlaşimiz talab etiladi», - dedi murabbiy.
«Ertaga ijobiy natijaga umid qilyapmiz. Jangovar ruhda tayyorgarlik olib borayotganimizni ta'kidlay olaman. Özbekistonning ayni paytdagi eng kuçli klublaridan biriga qarşi maydonga çiqamiz. Qöldan kelgança yaxşi öyin namoyiş etişga harakat qilamiz. Ayrimlar OKMK jamoasining finalga qadar yetib kelişini kutmagandi. Lekin biz buni uddaladik. Endi maqsadga qadar yana birgina, oxirgi qadam qolmoqda», - dedi Vladislav Kasminin.
OKMK - «Paxtakor» öyini Farğonadagi «Istiqlol» stadionida 28 oktabr kuni soat 15:00da boşlanadi.











