Bugun, 26 oktabr kuni Ruanda poytaxti Kigali şahrida FIFA kengaşi ötkazildi.

Unda ijroqöm tomonidan bir qator tarixiy qarorlar qabul qilindi.

Birinçidan, FIFA ayollar örtasidagi jahon çempionati mukofot jamğarmasini uç barobar oşirib, 15 million dollardan 50 million dollarga yetkazdi. Bundan taşqari, ilk marotaba iştirokçi jamoalar tayyorgarlik uçun pul oladigan bölişdi. Şuningdek, futbolçilarni terma jamoalarga jönatgan klublar ham taqdirlanadigan böldi.

Ikkinçidan, 2ta musobaqaning mezbonlari e'lon qilindi: 
- Plyaj futboli böyiça 2019 yilgi jahon Kubogi Paragvayda ötadi;
- Futzal böyiça 2020 yilgi jahon Kubogini Litva qabul qiladi.

Uçinçidan, federatsiyalarga futbolni rivojlantiriş uçun ajratiladigan mablağ miqdori oşirildi - har 4 yilda 6 million dollar.

Törtinçidan, La Liga öyinlarini AQŞ hududida ötkaziş masalasini muhokama qiliş jarayonida içki çempionat öyinlarini mamlakat hududida ötkaziş tamoyiliga amal qiliş tavsiya etildi.

Beşinçidan, klublar örtasidagi jahon çempionatini isloh qiliş va Dunyo Millatlar Ligasini taşkil qiliş böyiça berilgan taklifni muhokama qiliş uçun işçi guruhi tuziladigan böldi.