Ayni kunlarda Özbekistonda paxta yiğim-terimi mavsumi davom etmoqda. Bu yilgi mavsum ötganlaridan şunisi bilan farq qiladiki, bu yil majburiy mehnat, aniqroq aytiladigan bölsa, paxta terimiga majburan çiqariş holatlarining oldini oliş qonun yöli bilan yanada mustahkamlandi. Bu borada davlat rahbari va hukumatning maxsus qaror va farmonlari imzolandi. Majburiy mehnatga yöl qöygan qator tuman hokimlari va sektor rahbarlari işdan olindi.

KUN.UZ elektron poçtasiga kelib tuşgan maktublardan birida aynan mana şu holat haqda söz yuritilgan, paxta terişga majburan olib çiqiş holati kuzatilayotgani aytilgan. Jumladan, maktub muallifi S.V şunday deydi:

“Assalomu alaykum. Men Surxondaryo viloyatining Termiz şahar elektr tarmoqlarida işlayman. Mana, neçi kundirki, boşliğimiz meni paxta terimiga jönatmoqçi bölyapti. Men unga içagimdan operatsiya bölganman desam işdan haydaşi bilan qörqitmoqda. Özim yolğiz onaman, işdan haydalsam qanday kun köraman? Axir prezidentimiz mehnatga majburlaganlarga nisbatan çora köringlar deyaptilarku. Şu masalada yordam berişingizni iltimos qilaman”.

Vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Termiz elektr tarmoqlari rahbari Ma'ruf Şamsiddinov bilan boğlandik.

- Men bu xodimimizning kasalligi haqida hamşiramiz orqali yaqinda bildim. Bizda mehnatga majburlaş yöq. Şu sababdan ham u kişining paxtaga çiqişlari şart emas, işlari borasida ham heç qanday muammo bölmaydi. Korxona rahbari sifatida men bunga va'da beraman, - dedi M. Şamsiddinov.

Aslida, yuqorida keltirilgan holat bir misol xolos. Çunki KUN.UZ tahririyatining elektron poçtasiga kelayotgan murojaatlar içida rahbarlar xodimlar yoki oddiy aholini majburiy mehnatga undayotgani kabi holatlarning uçrayotgani aytilgan maktublar ham uçraydi. Özbekiston öz taraqqiyot bosqiçining yangi davriga çiqqan bir paytda bunday holatlarning hamon uçrab turişi, ayrim rahbarlarning prezident nazarda tutgan islohotlar mohiyatini hamon anglamagani kişi könglini biroz ğaş qiladi.

Öylaymizki, yuqoridagi holat böyiça rahbar öz va'dasining ustidan turadi, xodim işlayotgan örnini yöqotmaydi.

Ma'lumot örnida: Yaqin hafta içida içida paxta yiğim-terimida sustkaşlikka yöl qöygani uçun ayrim rahbarlar işdan olindi, ayrimlariga hayfsan berildi. Jumladan, 22 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov raisligida bölib ötgan selektor davomida Qaşqadaryo viloyati prokurori Botir Yusupovga hayfsan berildi. 23 oktabr kuni esa Toşkent viloyati Böka tumani IIB boşliği podpolkovnik Ixtiyor Hasanov lavozimdan