Toşkent viloyati Böka tumani IIB boşliği podpolkovnik Ixtiyor Hasanov lavozimdan ozod etilgan.
«Kun.uz» manbasi xabar berişiça, u 22 oktabr kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida ötkazilgan selektor çoğida paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarida kamçiliklarga yöl qöygani uçun işdan ketdi.
Ixtiyor Hasanov 2017 yilning sentabr oyidan buyon Böka tumani IIB boşliği sifatida işlab kelayotgandi.
14 oktabr kuni ötkazilgan selektor yiğilişi vaqtida Toşkent viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği, podpolkovnik Abdumalik Abduqodiroviç Allamurodov işdan olingandi. Uning örnini Özbekiston Respublikasi Içki işlari vaziri örinbosari sifatida işlab kelgan Tohir Tölqinoviç Aripov egallagan.
Eslatib ötamiz, 12 oktabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatining Böka tumaniga taşrif buyurib, paxta terimini közdan keçirgandi. Prezident taşrifi davomida qator kamçiliklar aniqlangan. Ayrim davlat amaldorlarining faoliyati tanqidga uçragandi.
«Kun.uz» tahririyatiga kelib tuşgan 2018 yil hosilidan tayyorlangan paxta xom aşyosi töğrisidagi 22 oktabr kungi ma'lumotga köra, ayni vaqtda eng yomon körsatkiçni Toşkent viloyati qayd etib turibdi. Toşkentlik paxtakorlar rejani 51,52 foizga bajarişgan.



















