Toşkent viloyati Böka tumaniga davlat soliq inspeksiyasining yangi rahbari tayinlandi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.

Davlat soliq qömitasining tegişli buyruğiga asosan, bu lavozimni Şuhratali Imomov Toyiroviç egallagan.

Şuhratali Imomov 1977 yili Toşkent şahrida tuğilgan, 2005 yili Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2008-2012 yillarda Davlat soliq qömitasining Rejim va kadrlar bilan işlaş boş boşqarmasi davlat soliq xizmati organlarida xavfsizlik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi tezkor xodimi sifatida faoliyat olib borgan.

2012-2016 yillarda Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliğining rejim va kadrlar bilan işlaş böyiça örinbosari, 2016-2017 yillarda Şayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliğining rejim va kadrlar bilan işlaş böyiça örinbosari, 2017 yildan yangi lavozimga tayinlangunga qadar esa Çilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Böka tumani DSI sobiq boşliğining işdan ketişi köp ehtimol bilan 2018 yilgi paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarida yöl qöyilgan kamçiliklar bilan boğliq.

Eslatib ötamiz, 12 oktabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatining Böka tumaniga taşrif buyurib, paxta terimini közdan keçirgandi. Prezident taşrifi davomida qator kamçiliklar aniqlangan, ayrim davlat amaldorlarining faoliyati tanqidga uçragandi.

Uşbu taşrif ortidan Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimov hayfsan olgan, viloyat IIB boşliği va prokurori özgargan, Böka tumani hokimi Nömonali Izbosarov ikki oylik maoşidan mahrum etilgan, tuman prokurori va tuman IIB boşliği ham işdan olingan.