Yevrokuboklar tugab, bugundan kuçli beşlik va boşqa çempionatlarning navbatdagi turlariga start beriladi. Öyinlar köp, bular orasida Ispaniyada Klasiko, Italiyada Rim – Milan – Neapol töqnaşuvlari ham bor. Birgina yomon xabar – Yevropadagi vaqt qişki rejimga ötayotgani munosabati bilan, endi öyinlar biz uçun bir soat keç boşlanadi. Ispaniya va Italiya futboli muxlislari uçun biroz noqulay. 

BARSeLONA – ReAL (28 oktabr, 20:15)

Foto: REUTERS


Bu öyinni alohida reklama qiliş şart emas. Yoki juda keng ravişda töxtalib ötiş kerak aslida. Ispaniya çempionatining eng muhim töqnaşuvi bölmiş El Klasiko 11 yillik tanaffusdan söng birinçi marotaba Messi va Ronaldusiz ötmoqda. El Klasikoning ğariblaşib qolgandek tuyulişi şunçaki, tilga olingan futbolçilarning buyukligidan darak xolos, zero bugungi holatda ham har ikki tomonda munosib yulduzlar bor. Beyl, Isko, Modriç, Koutino, Suares va boşqalar. 

Jamoalar bu öyinga ikki xil kayfiyatda kirib kelmoqda. «Barselona» Messisiz ham öynay olişini isbotladi va «Inter» ustidan işonçli ğalabaga erişdi. «Real» esa, aksinça. Lopetegi şogirdlari nihoyat «Viktoriya» ustidan zafar quçib, ğalabasiz seriyaga nuqta qöygan bölişsa-da, öyin u qadar işonçli çiqmadi. Şuningdek, La Ligadagi omadsiz seriyaga hali ham barham berilgani yöq. Bosim öyindan öyinga ortib bormoqda va hatto bu öyindagi mağlubiyat Lopetegining iste'fosi bilan yakunlanişi ham mumkin. 

Jarohatlanganlar. Messidan taşqari Samuel Umtiti safda emas, lekin sönggi öyinlarda Langlle ança işonçli körinmoqda. Mehmonlar tarkibida esa, Marseloning holati biroz taşvişga solgandi, lekin oxirgi yangiliklarga qaraganda, u «Kam Nou»da asosiy tarkibda harakat qilişi kutilmoqda. Demak, faqat Dani Karvaxal El Klasikoda «Real»ga yordam bera olmaydi. 

Yana bir qiziq jihat. 2014/15 yilgi mavsumda El Klasikoda har ikki jamoa öz maydonida raqibi ustidan ğalaba qozongandi. Şundan keyin esa, aksinça, «Barselona» Madriddagi bahslarda doimiy tarzda ğalaba qozoyotgan (4:0, 3:2, 3:0) bölsa-da, Kamp Noudagi öyinda yuta olmay kelyapti. Ötgan mavsumda 2:2, undan oldin 1:1, oldinroq 1:2 hisobi qayd etilgan. Hatto Superkubok doirasidagi öyinda ham «Barselona» mağlubiyatga uçragan. Demak, «Kamp Nou»dagi El Klasikolar böyiça mezbonlarning ğalabasiz seriyalari uç yarim yildan beri davom etib kelmoqda.   

MANÇeSTeR YuNAYTeD – EVeRTON (28 oktabr, 21:00)