Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi jangida ham raqibini nokautga uchratdi

Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Bahodir Jalolov bugun professional boksda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Nyu-Yorkdagi «Madison Square Garden» arenasida o‘tkazilgan bahsda u amerikalik Tayrel Raytga qarshi ringga chiqdi.
Jang o‘zbekistonlik bokschining ustunligi ostida kechdi. Ketma-ket berilgan zarbalar natijasida to‘rtinchi raunddan so‘ng raqibning murabbiylari jangni to‘xtatishdi.
Shu tariqa, Jalolov ushbu bahsni ham muddatidan oldin yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov bungacha ham ikkita jang o‘tkazib, ularning har ikkisida ham nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Ma'lumot uchun, Rayt professional boksda bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda 14ta jang o‘tkazib, ularning 9tasida g‘alaba qozongan (6ta jangda nokaut evaziga). Bugungi mag‘lubiyat bokschi uchun uchinchisi bo‘ldi. Yana 2ta jangda durang qayd etgan.

Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy elektr tamoqlarini ishdan chiqaradigan raketaning «yangi turi»ni namoyish etdi
Jahon | 11:08
-
Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi
O‘zbekiston | 11:05
-
Yevropada rekord darajadagi jazirama: Fransiyada yong‘inlar, Germaniyada qurg‘oqchilik
Jahon | 10:58
-
Reuters: Eronda 9 ta atom bombasi uchun yashirin uran zaxiralari bo‘lishi mumkin
Jahon | 10:10
Mavzuga oid

16:32 / 13.06.2025
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:39 / 06.02.2025
Jalolovning Spilmondga qarshi jangi bekor bo‘ldi

17:11 / 29.11.2024