Muammoning katta-kiçigi yöq. Fuqarolar öz dardlarini mahalliy mutasaddilarga aytib javob ololmaganida, muammoga çora topa olmagaç, umid bilan matbuotga arzini aytişga jazm qiladi.

Quyidagi, murojaatni örgangani borganimizda, köça ahli, “Toşkentdan muammomizni örgangani kelişingizga işonib-işonmay turgandik”, deya qarşi oldi. Darhaqiqat, kiçik muammo. Lekin, uning zamirida odamlarning bugungi kungi jarayonga bölgan işonçi yotibdi.

Andijonning Buloqboşi tumanidagi Navoiy mahallasi, “Qayrağoçariq” köçasida yaşovçi aholining mahalliy fermer bilan aloqasi buzilib ketgan. Köçaning bir tomoni “Şirmonbuloq faxri” fermer xöjaligiga tutaşgan ekan. Har kuni odamlar foydalanadigan, ayniqsa yoş bolalar maktabga qatnaydigan köça aftodahol. Aholi ikki yildan beri mahalliy hokimiyatga köçani ta'mirlaş böyiça köp bora murojaat qilişiga qaramay, qişda loy, yozda tuproq yöl haqida öylanadigan odam yöq.

2017- yil 10 yanvar kuni tuman hokimligi tumanda köçalarni ta'mirlaş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilayotgani va kelgusida Dasturga qöşilişi haqida javob xati ham bergan ekan.

Buning ustiga, fermer xöjaligi köçadagi ariqni traktor bilan kovlab, undan çiqqan axlatni yöl qismiga taşlaşni boşlaydi. Eniga olti metr bölgan köça loy-balçiqqa aralaşib ketdi. Aholi norozi bölişiga fermerning pinagini ham buzmay: “Yöl meniki, soliğini men tölayapman. Xohlagan joyingga bor!”, deya javob beribdi. MFY raisi M. Jalilov boşçiligidagi oqsoqollar fermer Muborak Ismoilovaga - “Yöl fermer xöjaligiga qaramaydi”, deya aytib, uni tartibga solmoqçi bölişgani ham besamar ketdi.

Fermer ayol şu köçada yaşovçi Bahodir Sulaymonov va Surmaxon Mamasoliyevalarni behurmat qiladigan sözlar bilan haqorat qilgan. Aholi, “Nahotki, yöllar fermer tasarrufida bölsa?” deya hayron. “Opa”ning köçaga xöjayin bölib, aybini aytganni beparda sözlar bilan haqorat qilişi oxir-oqibat odamlarning sabr-kosasini töldiribdi.