Şimoliy va Janubiy Koreya çegaradagi birlaşgan xavfsizlik hududini minalardan tozaladi. Bu haqda CNN xabar berdi. Telekanalning bildirişiça, AQŞning 42-prezidenti Bill Klinton bu yerni «sayyoramizdagi eng dahşatli joy» deb atagan.

Xabar qilinişiça, mazkur hududdan barça minalar va qöriqlaş postlari olib taşlangan, barça öqotar qurollar olib ketilgan.

Çegarani demilitarizatsiya qiliş operatsiyasi boşlanganidan buyon 14 mingta mina va 187ta boşqa portlovçi qurilmalar qazib olingan. Endilikda tomonlar çegaralarda joylaşgan kuzatuv qurilmalarini olib taşlaşi kutilmoqda.  

1 oktabr kuni Şimoliy va Janubiy Koreya harbiylari çegara hududini minalardan tozalaşga kirişgani xabar qilingandi. Bu boradagi kelişuvga 18-20 sentabr kunlari Pxenyanda bölib ötgan Koreyalararo sammitda kelişilgan. 

Pxanmunjom punkti nomi bilan tanilgan birlaşgan xavfsizlik hududi ikki Koreyani bölib turuvçi demilitarizatsiya hududining bir qismi hisoblanadi. U dunyodagi eng xavfli çegara hududlaridan biri hisoblanadi.