Donetskdagi uruş harakatlarida iştirok etgan Ruslan Bobojonov (taxallusi «Loçin») ozodlikka çiqarildi.

Ma'lumotlarga köra, bunda unga «Komsomolskaya pravda» naşri jurnalistlari yordam berişgan.

Qayd etilişiça, «Komsomolskaya pravda» jurnalistlari Ruslanni 2014 yilgi janglardan buyon şaxsan tanişadi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasiga köra («Yollaniş») nizolaşayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatçisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolaşayotgan davlat hududida doimiy yaşamaydigan yoki heç qanday davlat tomonidan qurolli kuçlar tarkibida rasmiy topşiriqni bajariş vakolati berilmagan şaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boşqa biron şaxsiy manfaatni közlab, özga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli töqnaşuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnaşiş uçun yollanişi beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.