2025 yil may oyida Ukrainadagi uruş hududida Rossiya köplab aholi punktlarini nazoratga oldi. Bu avvalgi davrdagi oylarga nisbatan deyarli rekord darajada köp, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ).

Rossiya Mudofaa vazirligi ötgan oy Rossiya nazoratiga önlab aholi punktlari ötkazilgani haqida xabar bergan edi:

- Donetsk viloyatida: Novopol, Volnoye pole, Gnatovka, Şevçenko Pervoye, Novoolenovka, Kotlyarovka, Mixaylovka, Mirolyubovka, Stupoçki va boşqalar;

- Sumi viloyatida: Vodolagi, Loknya, Vladimirovka, Belovodi, Konstantinovka va boşqalar;

- Xarkov viloyatida: Stroyevka va Kondraşovka.

Naşrning qayd etişiça, bu Kiyev va Moskva örtasidagi tinçlik muzokaralari boşi berk köçaga kirib qolganidan dalolat beradi – şu sababli mojaro harbiy harakatlar natijasida hal bölişi mumkin.

WSJ Donetskdagi Pokrovsk (Krasnoarmeysk) va Konstantinovka hududlarini, şuningdek, Sumi viloyatini vaziyat eng keskinlaşgan asosiy hududlar qatoriga kiritdi. Ukrainalik askarlardan biri naşrga Pokrovskdagi hujumlar kunning istalgan vaqtida davom etayotganini, boşqasi esa Konstantinovka «tezda front çiziğiga aylanayotganini» aytdi.

«Bu yil yozda biz vaziyat barça yönalişlarda yomonlaşişini kutamiz. Şaxsiy tarkib çarçagan. Rotatsiya yetarli emas. Hamma öz imkoniyatlari çegarasida jang qilmoqda», dedi Konstantinovka hududida bölgan Ukraina Qurolli kuçlari katta leytenanti.

Ukraina va Rossiya 16 may va 2 iyun kunlari Istanbulda muzokara ötkazdi. Uşbu uçraşuvlarning amaliy natijalari asirlar va ölgan askarlarning jasadini almaşiş böldi. Ikkinçi uçraşuvda tomonlar öt oçişni töxtatiş şartlari sanab ötilgan memorandumlarni almaşişdi.

Agar Kiyev öz memorandumida joriy front çiziğini «muzokaralarning boşlanğiç nuqtasi» deb hisoblaşni taklif qilgan bölsa, Moskva Ukraina Qurolli Kuçlarini ma’muriy çegaralar doirasida Rossiya tarkibiga kirgan va Rossiya kuçlari töliq nazorat qilmaydigan Donetsk, Luhansk, Zaporojiye va Xerson viloyatlaridan olib çiqib ketişni talab qildi.