Ispaniya çempionatining 10-turida «Real» «Barselona» mehmoni böldi. «Kamp Nou» stadionida keçgan el-klasiko bahsi mezbonlarning 5:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Birinçi bölimni öta kuçli ötkazgan kataloniyaliklar ikkinçi bölimda qarşi hujumlarda raqib xatolaridan unumli foydalanişdi.
Öyin boşidayoq Felipe Koutino hisobni oçdi, bölim örtalarida Luis Suares ikkinçi golni urdi. Ikkinçi bölim boşida madridliklar faollaşdi va bu hisobda ham öz aksini topdi - Marselo javob golini urdi. Ammo Luis Suares ketma-ket ikki gol urib, hisobni yirik körinişga keltirdi, zaxirada öyinga tuşgan Arturo Vidal esa töpga birinçi tegişidayoq gol urib, yakuniy hisobni örnatdi - 5:1.




Endilikda «Barselona» 21 oçko bilan Ispaniya çempionati turnir jadvalida birinçi örinni mustahkamladi, «Real» 14 oçko bilan 9-öringa tuşib ketdi.
Keyingi turda katalonlar jamoasi «Rayo Valekano» maydoniga safar qiladi, madridliklar «Valyadolid»ni qabul qiladi. Ikki öyin ham 3 noyabrga belgilangan.
Ispaniya çempionati
10-tur
Barselona – Real Madrid 5:1 (2:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 11 Koutino, 2:0 – 30, penalti Suares, 2:1 – 50 Marselo, 3:1 – 75 Suares, 4:1 – 83 Suares, 5:1 – 87 Vidal.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 84), Buskets, Rafinya (Nelson Semedu, 69), Rakitiç, Koutino (Dembele, 74), Suares.











