Internetda Rossiyaning yangi harbiy vertolyoti suratlari paydo bo‘ldi
Internetda Rossiyaning yangi “kelajak vertolyoti”ning ilk suratlari e'lon qilindi. Ushbu vertolyot “Kamov” konstruktorlik byurosi tomonidan loyihalanmoqda.
Suratlar Airbase forumida paydo bo‘lgan va vertolyot yetarlicha yuqori baho olgan.
Scramble Magazine nashrining konstruktor Sergey Mixeyevga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, parraklari “Kamov” mahsulotlari uchun an'anaviy tarzda – ustma-ust joylashadigan vertolyot stels-texnologiya qo‘llangan holda loyihalanmoqda, unda yig‘iluvchi shassi va ichki bo‘linmalarda joylashadigan qurol bo‘ladi.
Vertolyot yangi dvigatellar va “o‘rdak” aerodinamik sxemasi bo‘yicha bajarilgan qanotlar oladi. Ekipaj a'zolari Ka-52 “Alligator” vertolyotidagi kabi ikki o‘rindiqli kabinada oldinma-ketin o‘tiradi. Ta'kidlanishicha, vertolyot 700 km/soat tezlik bilan ucha oladi. Mashinaning harbiy versiyasidan tashqari yo‘lovchi modifikatsiyasi ham taqdim qilinadi.
Mavzuga oid
00:03 / 27.10.2024
Rossiyada bir kunda ikkita vertolyot halokatga uchradi
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024